Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Kavani La Ligada faoliyatini davom ettirmoqchi

Kavani La Ligada faoliyatini davom ettirmoqchi

Baho:
+ | -

Urugvaylik mashhur hujumchi Edinson Kavani faoliyatini Ispaniyada davom ettirishni o‘zi uchun ustuvor variant sifatida biladi.

COPE nashrining xabar berishicha, Yevropa ligasi guruh bosqichi ishtirokchisi “Real Sosyedad” 35 yoshli urugvaylik futbolchi uchun kurashga kirishgan. Basklar klubi yetakchi hujumchisi Aleksandr Isakni "Nyukasl"ga sotib yuborganidan so‘ng uning o‘rniga potensial futbolchi qidirmoqda.

Shuningdek, Kavaniga “Valensiya” va “Vilyarreal” klublari qiziqish bildirgani ma’lum.

"Manchester Yunayted" bilan shartnomasi shu yilning 30 iyunida yakuniga etgan urugvaylik futbolchiga jahon chempionati oldidan o‘yin amaliyoti kerak.

Kiritildi: 20:05, 26.08.2022.
O'qildi: 1510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик