Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Superliga. Chempionlik taqdirini hal qiluvchi o‘yinlardan biri "Navbahor" - "Paxtakor" prevyusi

Superliga. Chempionlik taqdirini hal qiluvchi o‘yinlardan biri "Navbahor" - "Paxtakor" prevyusi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 17-turidan o‘rin olgan bahsda  “Navbahor” o‘z maydonida Toshkentning  “Paxtakor”  jamoasini qabul qiladi.

Superliga (oliy liga)mizning muntazam ishtirokchisi bo‘lgan mazkur klublarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, jamoalar shu kungacha 63 marta o‘zaro ro‘baro‘ kelishgan.

O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik poytaxtliklar tarafida. O‘tkazilgan bahslarning 39 tasida “sherlar” zafar quchishgan bo‘lsa, 13 ta o‘yinda “lochinlar” g‘alaba qozonishgan, 11 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. “Paxtakor” “Navbahor” darvozasiga 104 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 48 ta to‘p o‘tkazib yuborgan. 

O‘zaro o‘yinlarda “sherlar” 128, “lochinlar” esa 50 ochkoni qo‘lga kiritishgan.  

Ushbu  jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixida qayd etilgan eng yirik hisob - 7:0. Ushbu hisob 2009 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etilib, unda “Paxtakor” zafar quchgandi.

Ayni paytgacha Namanganda bo‘lib o‘tgan 31 ta bahsning 12 tasida “lochinlar” g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, yana 13 tasida toshkentliklar zafar quchishgan, 6 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan.

“Navbahor” o‘z maydonidagi o‘yinlarda “Paxtakor” darvozasiga 29 ta gol urib, o‘z darvozasidan 36 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Paxtakor” o‘yini 28 avgust kuni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda soat 19:00 da start oladi.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 20:10, 26.08.2022.
O'qildi: 3361 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.