O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Yaponiyadagi xalqaro turnir doirasida o‘zining ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi. Farhod Nishonov boshqaruvidagi jamoa Urugvay yoshlar jamoasiga qarshi maydonga chiqdi.
O‘yin taqdirini yagona gol hal qildi. Bahsning 37-daqiqasida vakillarimiz maydon markazida raqibdan to‘pni olib qo‘yib, qarshi hujum tashkil qilishdi. Nodirbek Abdurazzoqov tomonidan 15 metrlardan yo‘llangan zarbani urugvaylik posbon qaytara olmadi.
Uchrashuv oxirigacha mazkur hisob o‘zgarmadi. Eslatib o‘tamz, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ushbu musobaqa doirasida dastlabki o‘yinni Yaponiyaning "Shizuoka" klubiga qarshi o‘tkazib, asosiy vaqt 3:3 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlangach, penaltilar seriyasida 4:3 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Terma jamoamiz so‘nggi turda Yaponiya yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
«SBS Cup» (U-19)
Urugvay U19 - O‘zbekiston U19 - 0:1 (0:1)
Gol: Nodirbek Abdurazzoqov (37)