Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Azamat Abduraimov «Andijon»da ishlagan vaqtlarida futbolchilarga va’da qilingan 400 million so‘m to‘lab berilmagani haqida gapirdi

Azamat Abduraimov «Andijon»da ishlagan vaqtlarida futbolchilarga va’da qilingan 400 million so‘m to‘lab berilmagani haqida gapirdi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik sobiq futbolchi Azamat Abduraimov «Daryo» bilan suhbatda «Andijon»dagi muvaffaqiyatsizlik, futbolchilarga va’da qilingan 400 million so‘m to‘lab berilmagani haqida gapirib o‘tdi.

«Andijon»da ish boshlaganimning dastlabki vaqtlarida menga ishongan, viloyat hokimi bo‘lgan bir rahbar bor edi. U futbolni sevardi. 2012 yilda u yerda ish boshlaganimda jamoa quyi ligaga tushib ketish arafasida edi.

O‘shanda u kishi: «qo‘rqinchli joyi yo‘q, agarda quyi ligaga tushib ketsak, jamoani qaytadan tuzamiz, iloji boricha mahalliy futbolchilarni jalb qilamiz, yoshlardan iborat jamoa tuzamiz» degandi. Shunday bo‘ldi ham, biz quyi ligaga tushib ketdik.

Jamoani tuzdik va qiyinchiliksiz birinchi ligadan oliy ligaga qayta chiqdik. Biroq, bu davr mobaynida bizning homiyimiz bo‘lgan hokimni boshqa ishga o‘tkazishdi. Uning o‘rniga kelgan yangi hokim futbolga unchalik ham qiziqmasdi. Bizda bir yoqimsiz holat sodir bo‘ldi. Bizga oliy ligaga chiqsak, yigitlarga 400 million bonus va’da qilingandi. Va ular rahbariyatga, murabbiy sifatida menga ishonib, ko‘tarma pullardan voz kechgandi.

Ular vazifani bajarsa, 400 million bonus sifatida olishi lozim edi. Jamoadagi roliga qarab Kimdir 10, kimdir 20, kimgadir esa 30 million olishi kerak edi. Biz shartnoma imzolagandik. Ammo biz vazifani bajarganimizdan so‘ng bonuslarni olmadik. Menga murabbiy sifatida shartnomaga ko‘rsatilganidek mashina berishdi. Yigitlarga esa va’da qilingan 400 million berilmadi. Hokimiyat ushbu pullarni bermadi. Shu sabab mavsum asabiy boshlandi. Yigitlar xafa bo‘lgandi», — dedi Azamat Abduraimov.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:34, 27.08.2022.
O'qildi: 2151 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.