Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Yevropa ligasi. Musobaqaning yangi mavsumi bilan bog‘liq eng qiziq ma’lumotlar

Yevropa ligasi. Musobaqaning yangi mavsumi bilan bog‘liq eng qiziq ma’lumotlar

Baho:
+ | -

Kuni kecha Yevropaning nufuz borasida ikkinchi o‘rinda turuvchi musobaqasi bo‘lmish YELga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Unda turnir ishtirokchisi bo‘lgan barcha, 32 klub o‘z raqiblarining nomlarini bilib olishdi. Jumladan, inglizlar ham. Quyida Yevropa ligasining bu mavsumi uchun mo‘ljallangan ayrim ma’lumotlar taqdim etiladi.

"Manchester Yunayted" qur’a natijalari bo‘yicha uzoq masofalarga safar qiladigan bo‘ldi. Xususan, "qizil iblislar" 4200 mil uzoqdagi Kiprga, "Omoniya" klubi bilan bellashish uchun safar qiladi. Keyin esa Moldovaga 3600 mil masofa bosib borishi lozim. U yerda "Sherif" klubi "MYU"ni mehmon qiladi. Shuningdek, E guruhidan "Real Sosyedad" ham o‘rin olgan. Aynan ular Erik ten Xag jamoasi uchun haqiqiy bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkin.
A guruhidan o‘rin olgan "Arsenal"ga ham raqiblar nomi aniq bo‘lgan. Mikel Arteta shogirdlari Niderlandiyaning "PSV", Norvegiyaning "Budyo/Glimt" hamda Shveysariyaning "Syurix" klublari bilan kuch sinashishi kerak bo‘ladi.

Endi turnir qur’a natijalari boshqa klublar uchun qanday taqdir hozirlaganiga ham ozgina to‘xtalib o‘tsak. Xususan, B guruhidan Kiyev shahrining "Dinamo" jamoasi, "Renn", "Fenerbaxche" hamda "AYEK Larnaka" klublari joy oldi. O‘tgan mavsumda YEKLning ilk g‘olibiga aylangan "Roma", "Ludogores", "Real Betis" hamsa "XIK Xelsinki"ga C guruhida raqib bo‘ladi. D guruhi o‘ziga xos raqiblarga makon bo‘ldi. Undan "Braga", "Malmyo", "Union Berlin" va "Yunion" joy olgan.
"Lasio" va "Feyenoord" F guruhida to‘qnash kelishi belgilangan. Ularga "Mityulland" va "Shturm" raqiblik qiladi. Gresiya giganti bo‘lgan "Olimpiakos" G guruhidan qiynalmay chiqib olishi kutilmoqda. Chunki unga "Qorabog‘", "Frayburg" hamda "Nant" qarshi chiqadi. So‘nggi, H guruhida " Srvéna zvézda Belgrad", "Monako", "Ferensvarosh" va "Trabzonspor" o‘zaro musobaqalashadigan bo‘ldi.

Endi musobaqaning qaysi sanalarda o‘tkazilishiga ham biroz to‘xtalib o‘tsak. Noyabrda start oladigan Jahon chempionati sababli guruhning 6 ta bahsi uchta blokka bo‘lingan holda, ketma-ket haftalarda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ilk o‘yinlar 8-15 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Uchinchi va to‘rtinchi tur 6-13 oktyabrda o‘tkaziladi. Qolganlari esa 27 oktyabr - 3 noyabr kunlariga belgilangan. Pley-off bahslari so‘nggi guruh bahslaridan uch oy o‘tib boshlanadi. Nimchorak final o‘yini 16-27 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Aynan shu bosqichdan turnirga YECHLning sakkizta uchinchi o‘rinini egallagan klublar ham qo‘shiladi. Chorak finallar 9 -16 mart hamda 13-20 aprelga belgilab qo‘yilgan. Yarim finallarga 11-18 mayda start beriladi. Vanihoyat, final 31 may kuni, Vengriya boshkenti, Budapeshtdagi mashhur "Pushkash Arena"da o‘tkazilishi reja qilingan.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 18:56, 27.08.2022.
O'qildi: 3354 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик