Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Yana bir turk klubi Eldor Shomurodov borasida taklif bilan chiqqani ma’lum bo‘ldi

Yana bir turk klubi Eldor Shomurodov borasida taklif bilan chiqqani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Roma» klubi va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiyaning «Beshiktosh» jamoasi qiziqishiga sabab bo‘lgan. Bu haqda «Sport-Ekspress» xabar qilmoqda.

Turk klubi rimliklar bilan muzokara o‘tkazgan. Bu haqda «Beshiktosh» sport direktori Jeyhun Kazanchi ma’lum qildi.

«Biz ‘Roma’ vakillari bilan iyun oyida uchrashdik. Biroq keyin boshqa hujumchi sotib oldik. Hozirda yana bir hujumchiga ehtiyojimiz yo‘q. ‘Beshiktosh’ futbolchi uchun sotib olish huquqi bilan bir yillik ijara shartnomasi taklif qilgandi», — deydi Kazanchi.

Avvalroq «Bolonya» Shomurodovni sotib olish huquqi bilan ijaraga olishi va ayrim ko‘rsatkichlar qayd etiladigan bo‘lsa, bu huquq majburiyatga aylanishi haqida xabar qilingandi. Shuningdek, Turkiyaning amaldagi chempioni «Trabzonspor» ham o‘zbekistonlik o‘yinchiga qiziqish bildirgani aytilgandi.

Shomurodov 2021 yilning yozgi transfer oynasida 18 million yevro evaziga «Jenoa»dan «Roma»ga o‘tgandi. U «bo‘rilar»safida jami 40 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol va oltita golli uzatma amalga oshirdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:17, 28.08.2022.
O'qildi: 6719 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик