Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Anvar Berdiyev: "Ikkinchi bo‘limda futbolchilarimizni taniy olmay qoldim"

Anvar Berdiyev: "Ikkinchi bo‘limda futbolchilarimizni taniy olmay qoldim"

Baho:
+ | -

Pro-liganing 17-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "Turon" (1:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida.
— To‘g‘risi, jamoamizning birinchi bo‘limda va ikkinchi bo‘limda ko‘rsatgan o‘yini tubdan farq qildi. Ikkinchi bo‘limda futbolchilarimizni taniy olmay qoldim. Birinchi bo‘limda ustunlikka ega bo‘lgandik, biroq ikkinchi bo‘limda tashabbus mezbonlar tomoniga o‘tib ketdi. Bu o‘yinda yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi. Oxirida gol urib hisobni tenglashtirdik.

— O‘yin davomida hakamlar qarorlaridan norozi bo‘lgan vaziyatlaringiz bo‘ldi. Aynan hakamlar tomonidan qo‘shib berilgan 6 daqiqada jamoangiz gol urib ketdi...
— O‘yin vaqtida bunday emosiyalar bo‘ladi. Uchrashuvdagi hakamlik bo‘yicha hech qanday e’tirozim yo‘q. "Mash’al" jamoasi goldan so‘ng vaqt cho‘zishga urinishdi. O‘yinga 6 daqiqa qo‘shilganini to‘g‘ri deb bilaman. Jamoamiz futbolchilariga ham doim aytaman, vaqt cho‘zish men uchun futboldagi eng yomon jihatlardan biri.

— Marlen Chobanovga bugun juda ko‘p e’tiroz bildirdingiz...
— Yuqorida aytdim, ikkinchi bo‘limda jamoani taniy olmay qoldim. Bu yerda Marlenda ham xatoliklar kuzatildi. Uning darajasidagi futbolchilarga bunday xatolar yarashmaydi. O‘yinni tahlil qilamiz va Chobanovga tegishlicha ko‘rsatmalarni beramiz albatta.

— Sizningcha, bugungi Pro-ligada "Mash’al" kuchlimi yoki "Turon"mi?
— Avval ham aytib o‘tgandim, bu yilgi Pro-ligada o‘tkinchi o‘yinlar bo‘lmaydi. Barcha jamoalarning imkoniyatlarini teng baholayman. Ko‘ryapsizlar, bironta o‘yinda ham ochko olish oson bo‘lmayapti. Hozir qaysi jamoa Superligaga chiqishi yoki chiqmasligi aniq emas.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 22:42, 28.08.2022.
O'qildi: 1395 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.