Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Ronaldu va Osimhen "rakirovka"si. Transfer oynasida nima gaplar?

Ronaldu va Osimhen "rakirovka"si. Transfer oynasida nima gaplar?

Baho:
+ | -

Odatda transfer oynasi yopilishiga bir necha kun qolganida kutilmagan va katta transferlar amalga oshiriladi. Klublar bu safar ham qiziqarli transferlar bilan bizni zeriktirishmayapti. Quyida esa so‘nggi kunlar "futbol bozori"da qanday transferlar amalga oshirildi va yana nima gaplar bo‘layotgani bilan tanishasiz.   

Antoni 100 million yevro evaziga "Manchester Yunayted"ga o‘tadi

Bu sodir bo‘ldi: "Ayaks" vingeri Antoni "Manchester Yunayted"ga o‘tadi! De Telegraaf xabariga ko‘ra, klublar nihoyat 22 yoshli braziliyalikning transferi bo‘yicha kelishib olishgan, kelishuv bonuslar bilan birga 100 million yevroni tashkil etadi. Avvalroq “Ayaks” Antoni uchun “Manchester Yunayted”ning bir qancha takliflarini, jumladan, 90 million yevrolik taklifni ham rad etgan edi.

Futbolchining o‘zi bilan "qizil iblislar" allaqachon 5 yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olishgan. Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsum oralig‘ida bosh murabbiy Erik ten Xag va himoyachi Lisandro Martines allaqachon "Ayaks"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tishgan.

Belotti Rimda

Italiya terma jamoasining 28 yoshli hujumchisi, Yevro-2020 g‘olibi Andrea Belotti "Roma" bilan 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Belotti bungacha “Torino” tarkibida 7 mavsum o‘ynagan va 251 o‘yinda 113 ta gol urgan. Andrea shu yozda erkin agentga aylangandi.

La Gazetta dello Sport: Ronaldu faoliyatini "Napoli"da davom ettiradi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Napoli"ga o‘tishga rozi bo‘ldi. La Gazetta dello Sport xabariga ko‘ra, italyan klubi portugaliyalikni ijaraga oladi va "Manchester Yunayted" uning maoshini to‘liq qoplaydi. O‘z navbatida 23 yoshli hujumchi Viktor Osimhen Neapoldan "Old Trafford"ga o‘tadi. Uning uchun "qizil iblislar" 100 million yevro to‘laydi - xuddi Antoni kabi.

"Atletiko" Forestga jo‘nab ketgan Lodi o‘rniga "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi Regilyonni olib keladi

2022 yilgi transfer oynasining asosiy yangiliklaridan biri Nottingem Forest "Atletiko Madrid" chap qanot himoyachisi Renan Lodini sotib olishga yaqin turibdi. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "o‘rmonchilar" 24 yoshli braziliyalikni 5 million yevroga ijaraga olishgan, uni 30 million yevroga sotib olish ham shartnomaga kiritilgan.

Lodi o‘rniga "matraschilar" "Real" tarbiyalanuvchisi bo‘lgan, "Tottenxem" safida to‘p tepayotgan 25 yoshli Serxio Regilyon bilan shartnoma imzolaydi. Regilyon Diyego Simeone jamoasiga sotib olish huquqisiz ijaraga beriladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:29, 30.08.2022.
O'qildi: 8230 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.