Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Mbappe Fransiya terma jamoasi Pogba bilan birga o‘ynashdan bosh tortmoqchi

Mbappe Fransiya terma jamoasi Pogba bilan birga o‘ynashdan bosh tortmoqchi

Baho:
+ | -

«Yuventus» klubi va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba atrofida mojaroli shov-shuvlar davom etmoqda.

Bir necha kun avval futbolchining Matias ijtimoiy tarmoqda video murojaat qoldirgan. Unda Matias Pol Pogba, uning agenti Rafael Pimenti va Kilian Mbappega oid katta shov-shuvlarga sabab bo‘ladigan video borligini ma’lum qilgan. Pol esa ushbu voqea yuzasidan polisiyaga murojaat qildi.

Prokuratura «uyushgan guruh tomonidan shantaj qilishga urinish» bo‘yicha ish qo‘zg‘agan. Get French Football News nashri xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchini joriy yilning mart oyida bolalikdagi do‘stlari va ikki nafar qurollangan shaxs Parijdagi uyga aldov yo‘li bilan chaqirgan va Poldan 13 million yevro talab qilgan. Talonchilar Pogbaga u professional futbol faoliyatini boshlagandan buyon ularga yordam berishni to‘xtatganini aytgan.

Pogbadan «ko‘rsatilgan xizmatlar» uchun pul talab qilingan — go‘yoki ular Polni 13 yil davomida yashirincha qo‘riqlab kelgan. «Yuventus» futbolchisining ta’kidlashicha, bundan keyin u akasi Matias va bolalikdagi do‘stlari tomonidan tahdidga uchray boshlagan. Shuningdek, ushbu xabarlar oqimida, go‘yoki Pogba "sehrgar"dan Kilian Mbappeni afsun qilib qo‘yishini so‘raganligi ham aytildi. Futbolchining o‘zi bu ayblovni rad etgan.

L’Equipe xabar tarqatishicha, Mbappe va uning atrofidagilar ushbu voqealarni diqqat bilan kuzatmoqda. Agar Pogba "sehrgarlar" xizmatidan foydalangani aniqlansa, Mbappe u bilan Fransiya terma jamoasi safida birga to‘p tepishdan bosh tortmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Qatarda navbatdagi jahon chempionati boshlanadi. Fransiya amaldagi chempion sifatida musobaqada ishtirok etadi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 06:50, 30.08.2022.
O'qildi: 8695 marta.
Fikrlar: 35 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик