Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ronaldo: Shaxsiy o‘rnak samarasi

Ronaldo: Shaxsiy o‘rnak samarasi

Baho:
+ | -

Futbolchi sifatida ikki marta jahon tojini kiyib, qirollik martabasidan bahramand bo‘lgan Ronaldo endi klub sohibi maqomida shuhrat qozonmoqda.

O‘tgan yili Segundaga tushib ketgan «Valyadolid» yana elitaga qaytdi. Bu murakkab vazifani ado etishlari uchun fenomen yosh kasbdoshlariga 500 km. masofani velosipedda bosib o‘tishga va’da bergandi. Jamoa elita yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, uning aksiyalari uchun 30 mln. yevrodan voz kechgan Ronaldo va’dani bajarish uchun velosipedda safarga otlandi. Ha, va’daga vafo - mardning ishi!

«Agar La-Ligaga chiqa olsak, avliyo Iakov yurgan yo‘ldan Santyago-de-Kompostelagacha borishga so‘z bergandim. Bu yumushni velosipedda bajaraman. Chunki yugura olmayman. Jismonan ancha qiynalishimni oldindan bilsamda, sayohat ajoyib o‘tishiga ishonchim komil. U men uchun unutilmas saboq bo‘ladi», - degandi fenomen bir necha kun avval.

«Valyadolid» Segundada yakuniy 2-o‘rinni egallash evaziga La-Liga vakiliga aylandi. 42 uchrashuvda 81 ochko jamg‘argan jamoa faqat o‘zaro uchrashuv natijasi tufayli «Almeriya»dan ortda qoldi. Biroq bu unchalik muhim emas, jamoa yana Ispaniyaning oliy divizionida to‘p suradigan bo‘ldi. Fenomenning funksioner maqomidagi yaqinda boshlangan bo‘lsada, o‘ta yorqin kechmoqda.

Braziliyalik afsona 2018 yilning sentyabrida klub aksiyalarining 51 foizini xarid qilib, uning sohibi va direktorlar kengashining raisi vazifalarini o‘z zimmasiga olgandi.

«Futbol - mening borlig‘im. O‘z oldimizga qo‘ygan yuksak maqsadlarga erishish uchun barcha imkoniyatlarga egamiz. Biz faqat Primerada to‘p surishni emas, raqobatbardosh, muxlislarimizni xushnud eta oladigan jamoa maqomiga ko‘tarilishni istaymiz. Shuningdek, fanatlarning klub hayotida faol bo‘lishlarini, ulardan ilg‘or g‘oyalar, takliflar va o‘rinli tanqidlarni kutamiz. Men ularning «Valyadolid» kelajagi bo‘lishlarini istayman», - degandi Ronaldo klubni qabul qilgan paytida.

Afsona jamoaga kelgan pallada «Valyadolid» La-Liga debyutanti bo‘lgani bois, uning xarid bahosi nisbatan ancha arzonroq bo‘lgandi. Jamoa 2018G‘19 yillar mavsumini 16, keyingi mavsumni 13-o‘rinlarda nihoyasiga yetkazgandi. Lekin 2020|2021 yillar mavsumida 19-o‘rinni egallab, Segundaga tushib ketgandi.

Ronaldo - kam sonli eng yorqin afsonalarning biri bo‘lsada, faqat shu faktning o‘zi klubni cho‘qqiga olib chiqa olmaydi. Fenomen faqat shaxsiy mablag‘laridan sarmoyalar kiritadi, unga ko‘maklashadigan yirik homiylari umuman yo‘q: «Bu o‘ta qaltis biznes. Mendan jamoa harajatlari uchun o‘z mablag‘larimdan foydalanishim yoki ortimda men uchun pul sarflaydigan birorta milliarder borligi xususida tez-tez so‘rab turishadi. Men shunaqa saxovatli homiy bo‘lishini juda-juda istardim, lekin chindan ham, barcha sarflar mening zimmamda».

Ispaniyaning 2-divizionida uzoq qolib ketmagan «Valyadolid» bir yildan keyin elitaga qaytdi. 45 yoshli afsona muvaffaqiyat sharafiga 500 km.li mashaqqatli velosayohatni amalga oshirdi. Afsona futbolchilik davrida ham ortiqcha vazn tufayli anchagina qiynalgan, hozir esa optimal jismoniy holatdan uzoqda ekanligi tayin. Shu bois, avliyo Iakov bosib o‘tgan yo‘lni ikki g‘ildirakli transport vositasida ziyorat qilish uchun qancha vaqt sarflaganini so‘ramadik. Mazkur rejasini u 6 iyun sanasida ma’lum qilgandi, 9 iyunda esa va’dasini bajardi. «Valyadolid» sohibi sayohat chog‘ida necha marta to‘xtagani va masofani to‘liq bosib o‘tgan yoki o‘tmagani ham ma’lum emas. Ammo buning ahamiyati yo‘q, fenomen uchun kechirsa bo‘laveradigan jihat. Asosiysi, «Valyadolid» yana Primerada to‘p suradi. Endi Ronaldo o‘z jamoasini hech bo‘lmaganda YEL yoki KLga olib chiqishga harakat qilishiga shubha yo‘q. Uning funksioner maqomidagi faoliyati gurkirab rivojlanmoqda.

Afsonaning boshqa klubi ham bormi?

Ha, albatta. Ronaldo yagona klub bilan kifoyalanishni o‘ziga ep ko‘rmadi, shu yilning aprelida rasman «Kruzeyro»ning sohibi va boshqaruv a’zosi lavozimlarini egalladi. Sobiq hujumchi o‘zining qadrdon jamoasi aksiyalarining 90 foizini 70 mln. dollarga sotib oldi. Xullas, moliyaviy jihatdan hammasi risoladagidek. Endi Ronaldoning nomi Yevropa va Janubiy Amerika OAVda tez-tez bo‘y ko‘rsatishi aniq.

Qolaversa, braziliyalik afsonaning ishchanligi ikkita klub bilan cheklanib qolmasligi ham mumkin. Hozirning o‘zida Ronaldo marketing agentligini boshqarmoqda, kibersportga sarmoya kiritmoqda, agentlik bilan shug‘ullanmoqda va sportdan tashqari sohalarga ham sarmoya kiritmoqda. Qisqasi, zavq­lanish imkoniyatini beradigan sabablari yetarli.

Shuningdek, afsonaviy hujumchi Yevropa Superligasi turnirining ashaddiy tarafdorlaridan biri. Qachondir bu turnir tashkil etilishiga u shubha qilmayapti va lozim bo‘lsa, bu jarayonda ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirib o‘tdi. Ehtimol, yaqin kelajakda fenomen yangi tashkilotning arboblaridan biriga aylanar. Har holda, uning tobora avj olayotgan funksionerlik faoliyati to‘satdan to‘xtab qolishiga asos bo‘ladigan biron-bir asos yo‘q.

S.RAHMONOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:03, 30.08.2022.
O'qildi: 3624 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.