Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Luisma Ernandes: "To‘p darvozaga kirmasa, g‘alaba qozonib bo‘lmaydi"

Luisma Ernandes: "To‘p darvozaga kirmasa, g‘alaba qozonib bo‘lmaydi"

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 17-turidan o‘rin olgan "Metallurg" – "Qo‘qon-1912" (0:0) o‘yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— O‘yin haqida
— Ikki jamoa ham o‘yin nazoratini qo‘lga olishga urindi. Yetarlicha imkoniyatlarga ega bo‘ldik. 3 ochko olishimiz mumkin edi, biroq to‘p darvozaga kirmasa, g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Futbolchilarimizning o‘yinga bo‘lgan munosabatidan xursandman. Bugungi bahsdan keyin 3-4 kun dam olamiz. O‘ylaymanki, bu foyda keltiradi.

— Birinchi taymda faolligi bilan ajralib turgan Abror Toshqo‘ziyevning kutilmaganda ikkinchi taymda almashtirilganini nima bilan izohlaysiz?
— Abror Toshqo‘ziyev jarohat olgani uchun almashtirishga majbur bo‘ldik.

— Bektemir Abdumannonov ikki o‘yindan buyon faol o‘yin ko‘rsatmoqda va charchab ulgurmasdan, zahiraga olinmoqda. Bu nima bilan bog‘liq?
— Uning holatini muxlislarga nisbatan biz – murabbiylar ko‘proq yaxshi bilamiz. Shunday ekan, o‘yinchi almashtirishda yanglishmadik, deb o‘ylayman. Umuman esa Bektemirning o‘yinlaridan qoniqish hosil qilayapmiz, ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Uni bu safar ham asrashga qaror qildik, bor gap shu.

— Oldinda "Metallurg"ni ketma-ket 3 ta kuchli jamoaga qarshi o‘yinlar kutib turibdi – bular "Paxtakor", "So‘g‘diyona" va "Qizilqum". Jarohat olgan futbolchilar ungacha jarohatdan qutulishadimi?
— Yuqorida aytib o‘tganimdek, bugungi o‘yindan keyingi dam olish kunlari ko‘p o‘yinchilarimizga foyda keltiradi. Jarohatlanganlar sekin-asta safga qaytmoqda. Jumladan, Xudoyshukur bugun maydonga tushdi. Abbos Otaxonov, Farhod Bekmurodov, Behruz Shodmonovlar ham tez orada safga qaytishadi. O‘ylashimcha, avgust oyida juda yaxshi ishtirok etib, 7 ochko ishladik va turnir jadvalida bir necha pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, mavqeimizni mustahkamladik.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 22:44, 30.08.2022.
O'qildi: 1243 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.