Aleksandr Zinchenko va Tomas Partey "Arsenal"ning "Aston Villa"ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Ukrainalik futbolchi tizzasidan, ganalik esa son jarohatidan keyin tiklanishda davom etmoqda. Shu sababli ular APLning 4-turida “Fulxem” bilan o‘yinni (2:1) o‘tkazib yuborishdi.
“Biz yana bir tekshiruvdan o‘tkazishimiz kerak, ayniqsa Tomasni jarohatini jiddiyligini bilish uchun.
Umid qilamanki, ikkala futbolchilarning ham jarohati unchalik jiddiy emas", - dedi Arteta.
APL 5-turidan o‘rin olgan "Arsenal" - "Aston Villa" uchrashuvi bugun, 31 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Boshlanishi Toshkent vaqti bilan 23:30 da.