"Manchester Siti" markaziy hujumchisi Erling Xoland kecha APL doirasida "Nottingem Forest"ga qarshi o‘yinda uchta gol urdi.
Squawka xabariga ko‘ra, norvegiyalik to‘purar Premer-liga tarixida ketma-ket ikkita xet-trikni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan yettinchi futbolchiga aylandi. Eslatib o‘tamiz, “o‘rmonchilar” bilan so‘nggi o‘yinda Xoland birinchi bo‘limning 38-daqiqasigacha uchta gol urdi.
Bunday yutuqni Erlingdan tashqari quyidagi futbolchilar qayd etishgan: Yan Rayt, Anri, Didye Drogba, Ueyn Runi, Xarri Keyn va Les Ferdinand.