"Anji", "Chelsi" va Londonning "Arsenal" klublarining sobiq futbolchisi Villian "Fulxem" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Villian Angliyaga erkin agent sifatida qaytdi. So‘nggi paytlarda u "Korintians" sharafini himoya qildi.
Yana shuni ta’kidlash kerakki, taniqli yarim himoyachi 34 yoshda. “Kanonirlar” safida u ishonchni umuman oqlay olmadi. "Fulxem" esa uni asosiy jamoa o‘yinchisi sifatida ko‘rmoqda.