Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

O‘zbekiston Kubogi. "Andijon" - AGMK. Prevyu

O‘zbekiston Kubogi. "Andijon" - AGMK. Prevyu

Baho:
+ | -

3 sentyabr kuni “Bobur Arena”da bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Kubogi 1\4 final doirasidagi “Andijon” hamda AGMK jamoalari ishtirokidagi uchrashuvga oid qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Ikkala klub O‘zbekiston Kubogi musobaqasida 4 marta maydonda to‘qnash kelishgan. Ilk o‘yin 2008 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda 1\8 finali edi. Dastlabki uchrashuvda AGMK 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Javob bahsida "Andijon" yagona gol evaziga g‘olib chiqqan. Ammo ikki o‘yin natijasiga ko‘ra olmaliqliklar chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Keyingi bahs oradan 4 yil o‘tib, 2012 yilgi mavsumda yuz berdi. Bu safar ham jamoalar 1\8 finalda kuch sinashdilar. “Andijon” birinchi uchrashuvda 3:1 natijasi bilan ustun keldi. Javob o‘yinida "Andijon" 1:2 hisobida yutqazgan bo‘lsa ham o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

2008 yil
1\8 final
AGMK – “Andijon” – 2:0
“Andijon” – AGMK - 1:0

2012 yil
1\8 final
“Andijon” –“Olmaliq” – 3:1
“Olmaliq” – “Andijon” - 2:1

Oldin xabar berganimizdek, “Andijon” 9 marta 1\4 finalda o‘ynagan. AGMK esa 2018 yili O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan. Finalda “Paxtakor” 3:1 hisobida taslim etilgan.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 15:28, 02.09.2022.
O'qildi: 1344 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик