Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Superliga yaxshi davom etyaptimi? Diyor Imomxo‘jayev munosabat bildirdi

Superliga yaxshi davom etyaptimi? Diyor Imomxo‘jayev munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

O‘yindan keyingi intervyusida Maksim Shaskix qator fikrlar bildirdi. Hissiyotlarga ko‘p berildi, deb o‘yladim. Katta klubda bosh murabbiy sifatida endi ishlashni boshladi. Oson emas murabbiylik, futbolchi bo‘lishdan farq qiladi.

Intervyusida Shaskix "Paxtakor" posboni birorta seyv qilmagani, darvozasi oldida aytarli vaziyat yaratilmagani haqida aytgan. Mana bu haylaytsni tomosha qilsangiz, posbon kamida 4 ta vaziyatda jamoasini goldan qutqarib qolganini ko‘rishingiz mumkin. Qolaversa, to‘p bir marta darvoza to‘siniga ham tekkan. Agar bular vaziyat bo‘lmasa, bilmadim nima. Ha, "Paxtakor" har ikki o‘yinda ham tajribaliroq ko‘rindi, bunisiga qo‘shilamiz. Biroq bugungi chempionatda buning o‘zi kamlik qilayotganini hamma ko‘ryapti.



Shaskix bir necha bor jahon chempionati haqida eslatyapti. Umuman olganda, jamoasi mag‘lub bo‘layotgan murabbiylarda bu odat tusiga kirdi. Samvel Babayan ham o‘yindan keyin asosiy vazifasi terma jamoaga futbolchi yetkazib berish ekanini aytdi. Bizningcha, bunda balandparvozlik ko‘p. Har ikki mutaxassis ham o‘z jamoasiga javob berishi shart, ular bilan shartnoma tuzilayotganda mundialga chiqish uchun nima qilishimiz kerak degan savol bo‘lmagani katta ehtimol. O‘zini hurmat qilgan klub murabbiy oldiga birinchi navbatda klub manfaatini qo‘yadi. Kloppga farqi yo‘q Angliya jahon kubogida nima qilishi, APL klublari termaga o‘yinchi yetkazib berish uchun ishlamaydi. Shaskix futbolchi sifatida, Babayan murabbiy sifatida bizni jahon chempionatiga olib chiqa olmagan, shunday ekan, ular o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘lgani tuzuk.

Chempionat yaxshi davom etyapti. Hakamlik masalasi, gap-so‘zlar, taxminlar, urush-janjallar hatto kuchli beshlikda ham bor. APL murabbiylari VAR haqida tanqidiy fikr beryapti. Bularning hammasi futbolning bir qismi. Avvallari biz haqimizda deyarli gapirishmasdi. Bugun esa yaxshimi, yomonmi — gapirishyapti, ko‘p gapirishyapti. Hatto shu ham chempionatning yutug‘i. Agar Shaskix bu chempionatga 5-10 yil avval kelganida bilmadim qanday holatga tushardi. Hozir esa u murabbiy sifatida, biz liga sifatida o‘sishimiz kerak. Xatolar hammamizda bor. Hammaga omad.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 18:50, 03.09.2022.
O'qildi: 2223 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик