Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Zinchenko va yana to‘rt nafar "Arsenal" a’zosi "MYU"ga qarshi o‘yinning eng yomon futbolchilari deb topildi

Zinchenko va yana to‘rt nafar "Arsenal" a’zosi "MYU"ga qarshi o‘yinning eng yomon futbolchilari deb topildi

Baho:
+ | -

"Arsenal"ning yangi a’zosi Aleksandr Zinchenko WhoScored portali talqiniga ko‘ra, "Manchester Yunayted" bilan APLning 6-tur uchrashuvida jamoaning eng yomon to‘rt nafar futbolchisidan biriga aylandi.

Mikel Arteta shogirdlari mehmonda "Manchester Yunayted"ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. "MYU" safida gollarni Antoni va Markus Reshford (ikkita) gol urdi. “Arsenal”ning yagona goliga Bukayo Saka mualliflik qildi.

Aleksandr Zinchenko 74 daqiqani maydonda o‘tkazdi, shundan so‘ng zaxiraga olindi. U odatdagidek chap qanot himoyachisi pozisiyasida o‘ynadi va WhoScored portaliga ko‘ra o‘z klubi futbolchilari orasida eng past ballni oldi - 5,9. Aaron Ramsdeyl, Gabriel Magallans, Ben Uayt va Emil Smit-Rou bir xil reytingga sazovor bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning yozida Zinchenko "Manchester Siti"dan "Arsenal"ga o‘tgan edi.

Kiritildi: 10:12, 05.09.2022.
O'qildi: 3369 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик