Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real"ning Olise bo‘yicha zaxira rejasi ma’lum bo‘ldi

"Real"ning Olise bo‘yicha zaxira rejasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubida Maykl Oliseni yozda qo‘lga kiritish oson bo‘lmasligini yaxshi tushunishadi.

"Qaymoqranglilar" fransiyalik yulduzni "Bavariya"dan tortib olmoqchi, ammo myunxenliklar o‘z yetakchi o‘yinchisi bilan xayrlashishni istamayapti. Diario AS ma’lumotlariga ko‘ra, "Real"da hamon Oliseni transfer qilish orzusi saqlanib qolgan. Shu bilan birga, agar bu rejani amalga oshirishning iloji bo‘lmasa, Joze Mourinyoning hujum o‘ng qanoti uchun asosiy tanlovi, katta ehtimol bilan, Arda Gyuler bo‘ladi.

O‘tgan mavsumda turkiyalik futbolchi madridliklar safida barcha turnirlarda 51 ta o‘yin o‘tkazib, oltita gol urgan va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U asosan qanotda emas, balki maydon markazida harakat qilgandi.

Kiritildi: 11:34, 18.07.2026.
O'qildi: 2880 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик