Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Vinisius fuqaroligini o‘zgartirdi, biroq katta qiyinchilik bilan. Klubda bu bilan bog‘liq muammolar bor

Vinisius fuqaroligini o‘zgartirdi, biroq katta qiyinchilik bilan. Klubda bu bilan bog‘liq muammolar bor

Baho:
+ | -

"Real Madrid" muxlislari uchun xushxabar: klub qaydnomasida Yevropa Ittifoqi pasportiga ega bo‘lmagan futbolchi qolmadi. Vinisius Ispaniya fuqaroligini qabul qildi. Futbolchi konstitusiya oldida qasam ichdi.

Vinisius ikki yil oldin imtihonlarni topshirgan, ammo pasport ololmagan edi. Braziliyalik futbolchi 2018 yildan beri “Real Madrid” safida to‘p tepadi – Ispaniya qonunchiligi Braziliya va Argentina aholisiga mamlakatda ikki yillik yashashdan keyin pasport olish imkoni beriladi. Shunday qilib, 2020 yilda Vinisius hujjatlarni topshirdi va ikkita imtihondan o‘tdi - til va milliy madaniyat. Lekin ba’zi muammolar kelib chiqdi.

Klub Ispaniya Adliya vazirligiga da’vo bilan chiqdi (bu milliy fuqarolikni berish bilan bog‘liq) - boshqa chet ellik sportchilar hech qanday muammosiz pasport olishgan (masalan, amerikalik basketbolchi Lorenso Braun - hozir u Ispaniya milliy terma jamoasida ishtirok etmoqda), Vinisius bilan esa bu qiyinchilik bilan amalga oshdi.

Madrid klubining asosiy da’vosi shundaki, boshqa xorijliklar Ispaniya bilan Vinisiusga qaraganda ancha kam bog‘liqlikka ega, braziliyalik futbolchidan keyinroq murojaat qilgan boshqa braziliyaliklar esa tezroq pasport olishgan. Kubalik yengil atletikachi Jordan Dias esa ushbu proseduraga bor-yo‘g‘i bir yil sarfladi va yuqorida aytib o‘tilgan basketbolchi Lorenso Braun Ispaniyada o‘ynagani ham yo‘q - u mamlakatga faqat o‘z jamoalari tarkibidagi o‘yinlar uchun kelgan.

"Real Madrid" uchun yana bir muammo yaponiyalik Takefusa Kubo va "Kastilya"ning yana bir futbolchisi Tobiasning ro‘yxatga olinishi bo‘ldi. Ikkalasini yoki hech bo‘lmaganda bittasini ham asosiy tarkibga o‘tkazishning iloji bo‘lmadi - Yevropa Ittifoqi pasportiga ega bo‘lmagan futbolchilar ichida Vinisius Junior, shuningdek, Eder Militao va Rodrigo Goes mavjud. Natijada Tobias hamon yoshlar jamoasida o‘ynamoqda, Takefusa Kubo esa kutishdan charchadi va bir necha ijara klublaridan so‘ng “Real Sosyedad” bilan doimiy shartnoma imzolash uchun jo‘nab ketdi. Darvoqe, ijara asosida o‘ynagan Reyner ham xuddi shu sabab bilan "Real"da o‘ynamaydi.

Juma kuni Vinisius Junior nihoyat Ispaniya fuqaroligini oldi. Militao va Rodrigo ushbu jarayonda bo‘lib turibdi - ispan OAVning yozishicha, bu ko‘pi bilan bir necha oylik masala.

"Real" yozda "Siti"dan Gabriel Jezusni sotib olishi mumkin edi - biroq xuddi shu byurokratiya Gabiga ham fuqarolik berishga xalaqit qilgan.

Kubo va Tobias pasport olish jarayonining yagona qurbonlari emas. "Real Madrid" Gabrielni Karim Benzemaga raqobatchi deb hisoblagan, ammo ushbu muammolardan keyin boshqa hech kim bilan shartnoma imzolashmagan va Mariano Dias bazadagi o‘rin uchun Karim bilan raqobatlasha qolgan.

Kiritildi: 14:27, 06.09.2022.
O'qildi: 3874 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик