Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal - Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Navasning "Napoli"ga o‘tishiga nima to‘sqinlik qilgandi?

Navasning "Napoli"ga o‘tishiga nima to‘sqinlik qilgandi?

Baho:
+ | -

"Napoli" sport direktori Krishtianu Jiuntoli klub yozgi transferlar vaqtida "PSJ" darvozaboni Keylor Navasni sotib olmoqchi ekanligini, parijliklar esa yarim himoyachi Fabian Ruisni olishni istashini tan oldi. Klublar almashinuvni rejalashtirishgan, ammo yakunda "PSJ" faqat Ruisni qo‘lga kiritdi.

"PSJ" bilan munosabatlarimiz yaxshi. Ular Fabian Ruizni, biz esa Navasni xohladik, shuning uchun biz ikkita muammoni hal qilish uchun savdo bo‘yicha muzokaralar olib borishga harakat qildik.

Navas bilan kelishuv "PSJ" va Keylor o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli barbod bo‘ldi", - deya Jiuntoli so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

35 yoshli Navas bu mavsumda maydonga tushmagan. Uning jamoa bilan shartnomasi 2024 yilda yakuniga yetadi.

26 yoshli Ruis "PSJ"ga 23 million yevroga tushdi.

Kiritildi: 16:09, 06.09.2022.
O'qildi: 1098 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик