Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"Volfsburg" hujumchisi: "Arsenal" - orzumdagi klubi"

"Volfsburg" hujumchisi: "Arsenal" - orzumdagi klubi"

Baho:
+ | -

"Volfsburg" klubi va Daniya terma jamoasi hujumchisi Yonas Uind kelajakda "Arsenal"da o‘ynashni xohlashini tan oldi.

“Kelajakda faoliyatimni qayerda davom ettirishim mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rish kerak bo‘lsa, “Arsenal” mening orzumdagi klub, Chunki u doim mening sevimli jamoam bo‘lib kelgan. Umuman olganda, men Premyer-ligani dunyoning eng yaxshi ligasi deb bilaman va u yerda o‘ynash menga qiziq bo‘lardi.

Lekin hozir bor e’tiborimni boshqa narsaga qaratganman. "Volfsburg"da men yaxshi ishlayapman, bu men uchun yaxshi klub, Bundesliga esa ajoyib chempionat", - dedi Uind Bulinews bilan suhbatda.

23 yoshli daniyalik futbolchi 2022 yilning 31 yanvarida “Volfsburg”ga kelib qo‘shilgan va Bundesliganing 14 o‘yinida 5 ta gol urgan.

Kiritildi: 16:11, 10.09.2022.
O'qildi: 1508 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.