Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Viktor Kumikov: "Biz hozir juda qulay holatdamiz"

Viktor Kumikov: "Biz hozir juda qulay holatdamiz"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Buxoro” – “Andijon” (1:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov ishtirok etdi.

- O‘z maydonimizda “Buxoro”ni yutolmagandik. Bu yerda esa yutishni juda xoxlagan edik. O‘yinning dastlabki daqiqalari biz uchun omadsiz boshlandi. Lekin o‘yinni o‘z tomonimizga og‘dira oldik. Juda og‘ir o‘yinda sifatli o‘ynab, 2 ta gol kiritib g‘alaba qozondik. Buning uchun yigitlarga rahmat. Kim kuchli, kim kuchsiz o‘ynagani muhim emas, asosiysi g‘alaba. E’tiborlisi, “Turon” o‘z maydonida yutqazdi, “Mash’al” ham yutqazdi. Hammasi biz uchun omadli tur bo‘ldi.

- Penalti belgilangan vaziyatlarga munosabatingiz qanday?

- Xudo biladi, balki rostdan penalti bo‘lgandir. Men vaziyatdan uzoqda edim. Oxirgi daqiqadagi penaltini hakam belgiladimi, demak bor edi shekilli. Videosini ko‘rish kerak, aniqlash uchun.

- “Buxoro”dan qanday o‘yin kutgandingiz?

- “Buxoro”dan yaxshi o‘yin kutgandim. Ularning 9 nafar yaxshi o‘yinchilarni xarid qildi va yomon o‘ynashmadi. Bir tomondan yaxshi o‘ynashdi. Ikkinchi tomondan butun jamoani o‘zgartirish qandaydir muammoga olib keldi, tezkorlik yetishmadi. Biz faqat ikkitagina o‘yinchi oldik. Bu bizning foydamizga xizmat qildi. Lekin raqibimiz yomon o‘ynamadi. O‘yin oxiriga kelib standart vaziyatlardan foydalanishda biroz oqsashdi. O‘yini yaxshi nazorat qilishdi.

- Jamoaning bugungi o‘yin uchun asosiy vazifasi qanday edi?

- Ha albatta, doim g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Futbolchilarga bu muhim o‘yin ekanini tushuntirdik. Biz hozir juda qulay holatdamiz. Lekin xato qilmasdan shunday o‘ynashda davom etamiz.

- “Andijon” Superliga masalasini hal qildi, deyish mumkinmi?

- Nimaga, hali 3- va 4-davra o‘yinlari bor. Qachonki, 15 ochko farqi bo‘lsa, shunda Superligani hal qilgan bo‘lamiz. Hali hal bo‘lgani yo‘q.

- Murabbiylik faoliyatingizda bir o‘yinda ikkita penalti belgilangan holat bo‘lganmi?

- Ha, meni jamoamga 3 marta penalti urmagan xolat bo‘lgan. Rossiyada ish boshlagan paytlarim edi va aksincha bizda ham 3 ta penalti bo‘lgan. Hammmasini urganmiz, bunaqasi bo‘lib turadi.

- Negadir jamoangiz gol urgan vaziyatda hissiyotlarga berilmaysiz. Nega?

- Menda emosiyalarim o‘yin paytida yo‘qoladi. Menda oxirgi paytlarda shu narsa yetishmaydi (kuladi).

- 2-o‘ringa kimga nasib qiladi, deb o‘ylaysiz?

- “Buxoro” yoki “Turon” jamoalari biz bilan birga chiqishlarini xoxlayman. Sababi sifatli stadion, maydonlari va yaxshi muxlislari ham bor. “Mash’al”ning o‘yinida 3 ta tomoshabin o‘tiribdi xolos, lekin stadion maydoni yaxshi. “Xorazm” maydoni sun’iy bunday holatda o‘ynab bo‘lmaydi. Lekin bugun ular yutishgani yaxshi bo‘libdi.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:47, 11.09.2022.
O'qildi: 1195 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.