"Atletiko Madrid" darvozaboni Yan Oblak Ispaniya chempionatining 5-turi doirasidagi "Selta"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi.
E’tiborlisi, darvozabon 2018/2019-yilgi mavsum yakunlanganidan beri birinchi marta La Liga o‘yinida maydonga tushmadi. Oblak "matraschilar" safida ketma-ket 118 ta o‘yin o‘tkazdi.
Yan oldingi turda "Real Sosyedad" bilan o‘yinda tizzasidan olgan jarohati tufayli Vigo jamoasi bilan uchrashuvda jamoadoshlariga yordam bera olmadi.
Eslatib o‘tamiz, "Atletiko" "Selta" ustidan 4:1 hisobida yirik g‘alabani nishonladi.