Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Vinisiusning ispan pasportini olish tarixi. "Real" aynan shu sabab Jezusdan voz kechgan

Vinisiusning ispan pasportini olish tarixi. "Real" aynan shu sabab Jezusdan voz kechgan

Baho:
+ | -

"Real Madrid" muxlislari uchun xushxabar: klub qaydnomasida Yevropa Ittifoqi pasporti bo‘lmagan futbolchi uchun bitta joy bo‘shadi. Vinisius Ispaniya fuqarosiga aylangani tufayli barcha rasmiy tartib-qoidalar sentyabr oyi boshida yakunlandi.

Vinisius ikki yil oldin imtihonlarni topshirgan, ammo endigina pasport oldi. Basketbol jamoasining yetakchisiga u tezroq berilgandi.

Braziliyalik futbolchi 2018 yildan beri “Real Madrid” safida to‘p tepadi – Ispaniya qonunchiligi Braziliya va Argentina aholisiga mamlakatda ikki yillik yashashdan keyin pasport olish imkonini beradi. Shu sababli, 2020 yilda Vinisius ariza topshirdi va ikkita imtihondan o‘tdi - til va milliy madaniyat. Hammasi yaxshi o‘tdi, lekin shundan keyin g‘alati bir sukunat paydo bo‘ldi.

Klub milliy fuqarolikni berish bilan shug‘ullanadigan Ispaniya Adliya vazirligiga da’vo qilgan - boshqa chet ellik sportchilar hech qanday muammosiz pasport olishgan (masalan, amerikalik basketbolchi Lorenso Braun - hozirda u Ispaniya terma jamoasida harakat qilmoqda) ammo Vinisius haqida hech qanday yangilik yo‘q edi.

Madrid klubining asosiy da’vosi oddiy edi: Ispaniya hukumati bilan Vinisiusga qaraganda kamroq bog‘langan va braziliyalikdan kechroq murojaat qilgan boshqa xorijliklar tezroq pasport olishdi.

Qolaversa, "Real Madrid"ning muammosi yaponiyalik Takefusa Kubo va yana bir Vinisius - "Kastilya" futbolchisi Tobiasni ro‘yxatdan o‘tkazish edi. Ikkalasini yoki hech bo‘lmaganda bittasini asosiy jamoaga o‘tkazishning iloji yo‘q edi - Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi o‘yinchilar uchun uchta joyni Vinisius Junior, shuningdek, Eder Militao va Rodrigo egallagan. Natijada Vinisius Tobias hamon yoshlar jamoasida o‘ynamoqda, Takefusa Kubo esa kutishdan charchadi va bir necha ijaradan so‘ng “Real Sosyedad”ga to‘liq transfer qilindi. Darvoqe, ijara asosida o‘ynagan Reyner ham xuddi shu sabab bilan "Real"da o‘ynamaydi.

Hozirda Vinisius Junior nihoyat Ispaniya fuqaroligini oldi. Militao va Rodrigo bilan bog‘liq vaziyat ham hal qilinishi kutilmoqda - ispan OAVlarining yozishicha, bu ko‘pi bilan bir necha oylik masala.

Insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, yozda Madrid klubi Gabriel Jezus transferi bo‘yicha "Manchester Siti" bilan kelishib olgan edi. Ammo huddi shu byurokratiya sabab bu transfer amalga oshmadi, braziliyalik "Arsenal" bilan shartnoma tuzdi.

"Real Madrid" Gabini Karim Benzemaga raqobatchi deb hisoblagan, ammo transfer amalga oshmagach, ular boshqa hech kim bilan shartnoma imzolashmagan.

Agar yangi pasportlar bilan hammasi reja bo‘yicha ketsa, "Real Madrid" qishki transfer oynasidayoq yangi transferlarda ancha erkin bo‘lishi mumkin.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 20:16, 11.09.2022.
O'qildi: 2365 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.