Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Gleb Venger haqida fikr bildirdi

Gleb Venger haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Gleb "kanonirlar"ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Gleb 2005 yilning yozida 15 million yevro evaziga "Shtutgart"dan "Arsenal"ga o‘tgan edi. Umuman olganda, belaruslik ingliz klubi tarkibida 130 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urgan va 20 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

“U birinchi uchrashuvdanoq kuchli taassurot qoldirdi. Suhbat davomida sizni tom ma’noda o‘qir edi. Suhbatdoshni mukammal his qildim. U umuman gapirishdan qo‘rqmasdi. Har doim imkoniyat bergan: agar mashg‘ulotlarda yaxshi ishlagan bo‘lsangiz, maydonda o‘zingizni ko‘rsatish uchun imkoniyat bo‘lishini bilar edingiz", - dedi Gleb "Sport24" bilan suhbatda.

Gleb futbolchilik faoliyatini 2020 yilning bahorida yakunlagandi. Yarim himoyachi "Arsenal" va "Shtutgart"dan tashqari "Barselona", "BATE Borisov" va "Krilya Sovetov" klublarida ham to‘p surgan.

Kiritildi: 16:54, 12.09.2022.
O'qildi: 1143 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик