Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Qirolichaning o‘limi qaysi ingliz klublariga foyda keltirdi?

Qirolichaning o‘limi qaysi ingliz klublariga foyda keltirdi?

Baho:
+ | -

Angliyada Premyer-liganing 7-turi qoldirildi va 8-tur o‘yinlari ham belgilangan vaqtda o‘tmasligi mumkin. Keling, bu vaziyatda qaysi klublar foyda ko‘rishi haqida fikr yuritamiz.

"Liverpul"

"Liverpul" mavsum boshida muvaffaqiyasizlikka uchradi va Yurgen Klopp shogirdlari uchun dam olish juda foydali bo‘ldi. "Ayaks" bilan o‘yin arafasida germaniyalik murabbiy tezlikni yo‘qotishi mumkinligi haqida so‘rashganida, agar jamoasi o‘z tezligini yo‘qotib qo‘ysa, xursand bo‘lishi bilan hazillashdi. Dam olish kunlaridagi tanaffus Kloppga "Napoli"ga qarshi o‘yindagi muammolar ustida ishlash imkoniyatini berishi mumkin edi.

Ko‘p sonli jarohatlar hisobga olinsa, hatto bir turlik tanaffus ham juda foydali bo‘ldi. Qolaversa, “Liverpul” kelasi hafta oxiriga rejalashtirilgan “Chelsi” bilan o‘yinni kechiktirmoqchi. Bu holatda “Brayton”ga qarshi bo‘ladigan 1 oktyabrdagi uchrashuvga qadar Ibrahima Konate va Jordan Xenderson tiklanishi kerak.

“Chelsi”

Majburiy pauza "Chelsi"da Grem Potterga foyda keltirishi kerak. Murabbiy qiyin paytni boshdan kechirdi: "Fulxem" bilan uchrashuvdan keyin charchoq fonida "Zalsburg"ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yini, keyin esa "Liverpul" bilan duel. Bunday jadvalda “ko‘klar” haqiqatda ishlay olishmasdi. Endi Potter hech bo‘lmaganda "Zalsburg"ga qarshi o‘yin uchun derbidan keyin charchamaydigan jamoa oladi. Balki murabbiy atrofga qarashga ko‘proq vaqt topish uchun "Liverpul"ga qarshi o‘yinning boshqa muddatga ko‘chirilishiga qarshi bo‘lmagandir.

"Brayton"

Tomas Tuxelning kutilmaganda iste’foga chiqarilishi "Brayton"ni murabbiysiz qoldirdi. “Chaykalar” Grem Potterning ketishiga ruxsat berdi, biroq uning o‘rnini bosuvchi variant tayyor emas edi. Natijada, Endryu Krofs va Adam Lallana jamoani "Bornmut"ga qarshi o‘yinga olib kelishlari kerak edi. Hozircha ular "Brayton"ni "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinga ham tayyorlamoqda. Bunday juftlik jamoa muxlislarini xavotirga solayotgani aniq. Uchrashuvlarning qoldirilishi “Brayton”ga ishonchli boshqaruvchi tanlashga yordam beradi.

"Tottenxem"

"Tottenxem" o‘tgan hafta oxirida "Manchester Siti"ga qarshi o‘ynashi kerak edi. Albatta, Antonio Konte "shaharliklar" bilan keyinroq o‘ynashga majbur bo‘lishidan xursand. "Manchester Siti" bilan bu har doim qiyin, ammo hozir Xosep Gvardiola jamoasi juda qo‘rqinchli ko‘rinadi. Endi "Tottenxem" “Sporting” bilan o‘yinga, keyin esa "Lester" bilan duelga xotirjam tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Kiritildi: 10:44, 13.09.2022.
O'qildi: 6296 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.