Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton
01/10 13:00 Sentrel Kost 1-2 Buriram Yunayted
01/10 15:00 Kavasaki Frontale 0-1 Kvangju
01/10 15:00 Poxang Stilers 3-0 Shangxay Port
01/10 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Shanghai Shenhua
01/10 21:00 Sepohon 4-0 Istiqlol Dushanbe
01/10 21:00 Sharja 2-2 Al-Vihdat
01/10 21:45 Zalsburg 0-4 Brest
01/10 21:45 Shtutgart 1-1 Sparta
01/10 23:00 Al-Hilol 5-0 Ash-Shorta
01/10 23:00 Al-G‘arafa 4-2 Al-Ayn
01/10 23:59 Arsenal 2-0 PSJ
01/10 23:59 Bayer 1-0 Milan
01/10 23:59 Borussiya D 7-1 Seltik
01/10 23:59 Barselona 5-0 Yang Boyz
01/10 23:59 Inter 4-0 Srvena Zvezda
01/10 23:59 PSV 1-1 Sporting
01/10 23:59 Slovan 0-4 Manchester Siti

Qirollik oilasi qaysi jamoalarga muxlislik qilishini bilarmidingiz?

Qirollik oilasi qaysi jamoalarga muxlislik qilishini bilarmidingiz?

Baho:
+ | -

Siyosiy nuqtayi nazardan olib qaraganda Angliya Qirollik oilasi sport, xususan, futbol borasida neytral bo‘lishga majbur. Ammo biz ayrim dalillar orqali ularning qaysi klubga muxlislik qilishlarini bilib olishimiz mumkin bo‘ladi. Yaqindagina Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta Ikkinchi olamdan o‘tgan edi. 96 yil umr ko‘rgan davlat boshlig‘i hech qachon o‘zining muxlislik istaklarini ochiq bayon etmagan.

 

Ammo ayrim xabarlarga ko‘ra, Qirolicha "Vest Xem"ni qo‘llab-quvvatlagani aytiladi. Shuningdek, Yelizaveta Ikkinchining qalbida "Arsenal" yashagan ham bo‘lishi mumkin. Xususan, u 2007 yilda "Arsenal" futbolchilari va ustozi Arsen Vengerni Bukingem saroyiga tushlik qilish uchun taklif etadi. London klubi Angliyada bunday taklif olgan yagona jamoa edi.

Onasining o‘rnini egallashi kutilayotgan 73 yoshli Qirol Charls ham o‘ziga yarasha futbol shaydosi. U 2012 yilda "Byornli"ga muxlislik qilishini ma’lum qilgandi. Charls Uchinchi ushbu jamoaning o‘yinlariga ko‘p marotaba tashrif buyurgan. Undan bu haqida so‘rashganida, shunday javob bergan edi: "Ba’zilar mendan qaysi klub muxlisi ekanimni ko‘p so‘rashadi. Britaniyada men "Byornli"ni qo‘llab-quvvatlayman. Odamlar bundan hayron bo‘lishadi. Ammo buni hayron qoladigan tomoni yo‘q. Hozirda men jamoaga yordam berishga harakat qilyapman. Mening hayriya jamg‘armam bunda asqotadi".
Qirol o‘tgan mavsumda ancha xafa bo‘lgani turgan gap. Chunki uning sevimli jamoasi Chempionshipga ravona bo‘lgandi. "Byornli" yangi davrda ancha kuchaysa kerak. Ammo Qirolning, endi har doim ham jamoaning o‘yinini ko‘rishga vaqti bo‘lmaydi.

Qirolning o‘g‘li bo‘lgan shahzoda Uilyam qaysi klubga muxlislik qilishini yashirib o‘tirmaydi. 40 yoshli shahzoda "Aston Villa"ning ishqibozi. U ko‘p marta birmingemliklar o‘yinida ko‘rinish bergan. Ha, bugungi "Aston Villa" bir paytlar Yevropani titratgan "villian"larning soyasi xolos. Shunda ham shahzoda Uilyam o‘rtamiyona jamoani qo‘llab-quvvatlashdan uyalmaydi. Bu haqida shahzodaning o‘zi shunday degandi: "Men muxlislik qilgan jamoa hozirda jadvalning o‘rtamiyonasiga aylanib qolgan. Shunga qaramay, "Aston Villa"da buyuk tarix mavjud. Mening ko‘plab do‘stlarim ham "Aston Villa"ga muxlislik qilishadi".

Yana bir shahzodalardan biri bu Genridir. Sasseks gersogi,asosan regbiga qiziqadi. U o‘tmishda mamlakatning regbi bo‘yicha terma jamoasida shug‘ullangan. Ammo futbolga ham mehri bo‘lakcha. Genri 2017 yilda "Arsenal"ning "Bavariya"ga 5-1 hisobidagi mag‘lubiyatini muhokama qilishdan bosh tortganidan so‘ng, kimning muxlisi ekani ma’lum bo‘lgandi. 37 yoshli shahzoda "Arsenal" muxlisiga aylangan. Uni ko‘p bor London jamoasi o‘yinlarida ko‘rishgan edi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:06, 13.09.2022.
O'qildi: 7357 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.