Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya 0-2 Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

«Barselona» Ispaniya terma jamoasida Kubarsi bilan juda kuchli tandemda harakat qilayotgan himoyachini ko‘zladi

«Barselona» Ispaniya terma jamoasida Kubarsi bilan juda kuchli tandemda harakat qilayotgan himoyachini ko‘zladi

Baho:
+ | -

«Atletik» va Ispaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Emerik Laport faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Barça Universal xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Laport «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka juda yoqadi. Agar kataloniyaliklar markaziy himoya chizig‘i uchun boshqa futbolchilarni xarid qila olishmasa, 32 yoshli ispaniyalikning transferi ular uchun arzon variant bo‘lishi mumkin.

Biroq, Laport «Barselona»ning ro‘yxatida yuqori o‘rinda emas, chunki u borasidagi muzokaralar katta ehtimol bilan murakkab kechadi. «Atletik»da futbolchini «tegib bo‘lmas» (sotilmas) deb hisoblashadi.

O‘tgan mavsumda Laport barcha turnirlarda 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:06, 15.07.2026.
O'qildi: 516 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик