«Bavariya» vingeri Maykl Olise shu yoz jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Jurnalist Santi Aunaning ma’lumotiga ko‘ra, fransiyalik futbolchi «Real»ga o‘tishni talab qilmoqda. U Madrid klubini o‘z o‘sishini davom ettirish uchun ideal joy deb hisoblaydi. «Qaymoqranglilar» futbol tarixidagi rekord transferni amalga oshirishga tayyor, ammo «Bavariya» Olise sotilmasligini ta’kidlashda davom etmoqda.
Myunxenliklar fransiyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi, shu bilan birga, agar «Real»ga o‘tish amalga oshib qolsa, uning o‘rnini bosa oladigan variantlarni maxfiy ravishda ko‘rib chiqmoqda. Olise o‘z kelajagi borasidagi qarorini Jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng «Bavariya» rahbariyati bilan muhokama qiladi.













