Myunxenning “Bavariya” klubi prezidenti Gerbert Xayner Kataloniya jamoasi hujumchisi Robert Levandovskining kechagi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-tur uchrashuvidagi o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"So‘nggi uchrashuvda hamma Levandovski "Bavariya"ni qanday sevishini ko‘rdi", - deydi prezident.
Eslatib o‘tamiz, "Alyans Arena"da kechgan uchrashuv myunxenliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.