Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

“Metallurg” PFKga yangi bosh direktor tayinlandi

“Metallurg” PFKga yangi bosh direktor tayinlandi

Baho:
+ | -

“El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” futbol akademiyasi majlislar zalida “Metallurg” professional futbol klubining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Metallurg” PFK vise prezidenti Dilshod Ahmedov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Dilshod Tursunqulovich klub bosh direktorligiga Shavkat Saidov nomzodi tasdiqlanganligini e’lon qildi. Bungacha ushbu vazifani bajarib kelgan Roman Chernikovga minnatdorlik bildirilib, endilikda u sport direktori lavozimiga o‘tkazilganligi ma’lum qilindi.

Dilshod Ahmedov “Metallurg” PFKning ushbu mavsumda ko‘rsatayotgan o‘yinlariga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Ma’danchilar shahri hamda Toshkent viloyati futbol muxlislari ishonchini oqlash, chiroyli, hujumkor futbol ko‘rsatish borasida klub muassislarining pozisiyasini murabbiylar shtabi hamda futbolchilariga yana bir bor yetkazdi. Jamoa oldiga qo‘yilgan joriy hamda istiqboldagi vazifalar haqida to‘xtaldi. Tez orada jamoani mamlakatimizning grand klublarga raqobatbardosh raqibga aylantirish zarurligi xususida fikr mulohazalarini bayon etdi. Klub rahbariyati maqsadi tizimdagi barcha jamoalar o‘rtasida uzviy bog‘liqlik bo‘lishi zarur. Buning uchun asosiy tarkib murabbiylar shtabi quyi pog‘ona – mamlakat chempionati hamda birinchiliklarida qatnashayotgan jamoalar murabbiylari bilan hamkorlikda mehnat qilishi, ular bilan tajribasini almashib borishi, yoshlar jamoalarida o‘zlarini ko‘rsatgan iste’dodlarni o‘z vaqtida yuqori pog‘onalarga ko‘tarish, asosiy tarkibga jalb etish kabi chambarchas zanjir yaratish kerak, deb fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi Dilshod Tursunqulovich.

Yig‘ilishning ikkinchi qismi “Metallurg” PFK qoshida faoliyat yuritayotgan “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” futbol akademiyasi faoliyatiga bag‘ishlandi. Yangi o‘quv yili oldidan futbol akademiyasiga mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashrif buyurishi, yurtboshimiz tomonidan bildirgan qimmatli taklif va mulohazalari ikkinchi yili faoliyatini olib borayotgan kollektiv oldiga muhim va dolzarb vazifalarni yuklaganligi qayd etildi.

Dilshod Tursunqulovich “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” futbol akademiyasi nafaqat “Metallurg” futbol klubi uchun balki, mamlakatimiz futboli uchun iste’dodli futbolchilarni yetishtirib berishi zarurligini qayd etdi. Bugungi kunda Bekobod futbol akademiyasiga Respublikaning barcha hududlaridan qiziqish yanada kuchayganligini alohida ta’kidlar ekan, jamoa kollektivi ham shunga mos bo‘lishi zarurligini uqtirdi. Murabbiylar malakasini oshirish, bosqichma bosqich o‘quv kurslarida sertifikatlarni yangilab borish, tajribali mutaxassislarni jalb etish, ular ishtirokida mahorat saboqlarini joriy qilish singari qimmatli maslahatlar berildi. Shuningdek, akademiyaga qarashli futbol maydonlari, sport zallari, futbol inventarlari hamda jihozlari holati haqida ma’lumotlar o‘rganildi. Qishki mavsumga tayyorgarlik borasida ham zarur topshiriqlar berildi.
“Metallurg” PFK vise prezidenti Dilshod Ahmedov eng iqtidorli, ilg‘or o‘quvchilarni rag‘batlantirib borish masalasiga ham alohida to‘xtaldi.

Dilshod Tursunqulovich shu yilning qishidayoq ikkinchi chorakdan so‘ng eng namunali va a’lochi tarbiyalanuvchilarni Moskva shahriga – yetakchi futbol klublari akademiyalariga safarga jo‘natish taklifini ilgari surdi. Shuningdek, klub rahbari har yili Madridga 50 nafar tarbiyalanuvchini – “Real” futbol akademiyasiga malaka oshirishga yuborish muddatiga o‘zgartirish kiritish masalasini ko‘tardi. Kelgusi mavsumdan e’tiboran Ispaniya safari bahor faslida o‘tkazilishiga kelishib olindi.

Yig‘ilish so‘ngida “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” futbol akademiyasiga Ispaniyadan kelgan yangi – UYEFA pro lisenziyasiga ega mutaxassislar tanishtirildi. Koordinator Xesus De La Torre Kuadrado, yo‘riqchi yordamchisi Xulian Mexias va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy David Eraslarga yangi kollektivga tez kirishib ketish va iqtidorli futbolchilarni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani bajarishda omad va muvaffaqiyat tilandi. Shuning bilan “Metallurg” PFKning kengaytirilgan yig‘ilishi o‘z ishini yakunladi.

Kiritildi: 16:53, 14.09.2022.
O'qildi: 1057 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.