"Tottenxem"ning sobiq futbolchisi Markus Edvards APLga qaytishni istaydi. Bu haqida uning o‘zi shunday deydi:
"U joy mening uyim. Shunday ekan, bir kuni yana qaytishni istayman. APL ajoyibotlarga boy. Hozir esa bu yerdagi faoliyatimga e’tibor berishim kerak".
Edvards o‘z faoliyatini "Tottenxem"da boshlagan edi. Keyinchalik u Portugaliyaning "Vitoria Gimaraynsh" klubiga sotib yuborilgan.