Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Messining kechagi goli yangi rekord hisoblanadi. Uning Chempionlar ligasidagi rekordlarini ko‘rib chiqamiz!

Messining kechagi goli yangi rekord hisoblanadi. Uning Chempionlar ligasidagi rekordlarini ko‘rib chiqamiz!

Baho:
+ | -

"PSJ" uchun 2022/23 yilgi Chempionlar ligasining ilk safar uchrashuvi juda kutilmagan tarzda boshlandi. Jamoa "Makkabi"ga tashrif buyurdi va 24-daqiqadayoq gol o‘tkazib yubordi. To‘g‘ri, mezbonlarning bayrami uzoqqa cho‘zilmadi. Goldan atigi 13 daqiqa o‘tib Lionel Messi hisobni tenglashtirdi.

Messi uchun bu rekord gol, u Chempionlar ligasida 39 ta turli klublar darvozasini ishg‘ol qildi. Va bu yerda u Krishtianu Ronalduning yutug‘ini ortda qoldirdi. Messi Chempionlar Ligasidagi rekordlarni yaxshi ko‘radi. Ayni paytda u quyidagi rekordlarga ega:

• Chempionlar ligasining ketma-ket 18 mavsumida gol urdi. Bu yerda “Makkabi” darvozasiga kiritilgan gol ham yordam berdi.

• Messi Chempionlar ligasi guruh bosqichida 77 ta gol urgan bu ham rekord hisoblanadi.

• Messi bitta klub uchun musobaqada eng ko‘p gol urgan. "Barselona" tarkibida u 120 ta gol urgan. U UYEFA musobaqalarida bitta klub uchun eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekordchi ham hisoblanadi: "Barsa" uchun 123ta (UYEFA Superkubogida +3 gol).

• Messi Chempionlar Ligasi tarixidagi eng ko‘p xet-trik qayd etgan - 8 ta.

• Chempionlar ligasining 1/8 finalida urgan gollari borasida tarixda hech bir futbolchi Lionel Messiga yaqinlasha olmagan. Unda 29 ta gol bor.

• Bundan tashqari, unchalik muhim bo‘lmagan rekordlar ham bor: bir uchrashuvdagi driblinglar soni (16) va ramziy jamoaga kirishlar soni (7).

Messi Chempionlar Ligasidagi rekordlarini ko‘rib chiqdik. Endi uning oldida turgan natijalarga qaraymiz:

O‘yinlar soni bo‘yicha. Ronalduda 141, Leoda 128. Bunday tafovutni yo‘qotish qiyin, lekin Krishtianu bu mavsumda Chempionlar ligasida o‘ynamayotganini ham hisobga olish kerak;

Assistlar soni bo‘yicha. Ronaldu - 42, Messi - 37;

Penaltidan urilgan gollar soni bo‘yicha. Ronalduda 19, Messida 18 ta gol;

To‘g‘ri, "PSJ"da penaltilarni kim tepishi haqida bahslar doimo davom etadi. Bugungi kunda Kilian Mbappedan boshqa hech kimga to‘pning yoniga yaqinlashish mumkin emasdek, go‘yo.

O‘tgan mavsumda, transferdan so‘ng fransuz jurnalistlari Messidan Chempionlar ligasida gollar soni bo‘yicha Ronaldu bilan poyga haqida so‘rashgandi (Krishtianu hamon peshqadam – 141:126).

“Bilasizmi, men hech qachon rekordlarga e’tibor qilmaganman. Jurnalistlar yangi rekordlarni qo‘yganimni tez-tez aytishadi. Bu yoqimli. Lekin men har doim shaxsiy manfaat haqida emas, jamoa foydasi haqida o‘ylayman. Krishtianu bilan poygami? Bu uzoq davom esin", degan edi Lionel Messi.

Kiritildi: 18:53, 15.09.2022.
O'qildi: 7692 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.