Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Ronalduning mavsumdagi ilk goli, "Frensvarosh" “Monako”ni mag‘lub qildi, “Lasio” qattiq "tarsaki" yedi – Yevropa Ligasida kecha bo‘lib o‘tgan voqealar

Ronalduning mavsumdagi ilk goli, "Frensvarosh" “Monako”ni mag‘lub qildi, “Lasio” qattiq "tarsaki" yedi – Yevropa Ligasida kecha bo‘lib o‘tgan voqealar

Baho:
+ | -

Payshanba - Yevropa kubogi hikoyalarining yangi qismi: gollar va kutilmagan natijalar bilan xursand qiladigan Yevropa ligasi uchrashuvlari.

“Monako” kutilmaganda "Frensvarosh"ga imkoniyatni boy berdi

Yevropa Ligasida ikki rossiyaliklar to‘qnash keldi - "Frensvarosh" bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov, "Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovin. Bu bahsda "Monako" kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi - 0:1. Bahsda kiritilgan yagona golga vengriyaliklar yarim himoyachisi Balinta Vechei mualliflik qildi.

Hozirda Cherchesov boshchiligidagi "Frensvarosh"da 6 ochko bor, ular guruh peshqadami bo‘lib turishibdi. Monegaskliklar hisobida esa bor yo‘g‘i 3 ochko bor, ular 1-turda "Srvena Zvezda"ni 1:0 hisobida taslim qilishgan.

"Manchester Yunayted" "Sherif"ni mag‘lub etdi. Krishtianu mavsumdagi ilk golini urdi

"MYU" ishonchli tarzda Sherifni mag‘lub etdi (2:0). Avvaliga Sancho gol urdi va uni nishonlash chog‘ida oyoq qalqonlarini ko‘rsatdi - bu kichkina muxlis sovg‘asi edi. Va keyin Krishtianu Ronaldu uyg‘ondi: u Diyegu Dalot ishlagan penaltini golga aylantirdi.

Bu Krishtianuning mavsumdagi ilk goli bo‘ldi. U mavsumda bundan avvalgi 7 ta o‘yinda samarali harakatlar amalga oshira olmagan. Shuningdek Ronaldu uchun bu gol Yevropa Ligasidagi ilk goli bo‘ldi. 2002 yil sentyabr va oktyabr oylarida Krish "Sporting" tarkibida "Partizan"ga qarshi uchrashuvlarida (1:3, 3:3) ishtirok etgan va u yerda golli uzatmani amalga oshirgandi.

“Manchester Yunayted”ga “Sherif” bilan shunday g‘alaba kerak edi – ayniqsa, birinchi turda “Real Sosyedad”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin (0:1).

"Lasio" "Midtyulland" maydonida "yoqib yuborildi" - 1:5

Turning yana bir sensasiyasi Daniyada kuzatildi. Mezbon "Midtyulland" Italiyadan tashrif buyurgan Sarri boshchiligidagi "Lasio" darvozasiga besh bor yo‘l topdi. O‘yinning asosiy qahramoni daniyaliklarning braziliyalik yarim himoyachisi Evander bo‘ldi. U bahs davomida penaltidan gol urdi va o‘z hisobiga ikki golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Rimliklar safida kiritilgan yagona golga Sergey Milinkovich-Savich mualliflik qildi. Serb 57-daqiqada gol urib, hisobni 1:3 ko‘rinishiga keltirgan edi.

Italiyaliklar o‘yin davomida faqatgina to‘p nazoratidagina ustunlik qilishdi - 65% - 35%. Aniq zarbalar — 2 - 7 va XGda — 4,1 - 0,84 mezbonlar anchagina farq bilan ustunlik ko‘rsatishdi.

Shuningdek, F guruhidagi o‘yinlarning yana birida "Feyenoord" "Shturm" darvozasiga javobsiz oltita gol urdi. "Brayton" sobiq hujumchisi, Eron terma jamoasi a’zosi Alirizo Jahonbaxsh niderlandiyaliklar safida dubl qayd etdi.

Ikki turdan so‘ng “F” guruhidagi barcha jamoalar uchtadan ochko jamg‘arishdi. To‘plar nisbatidagi farq evaziga “Feyenoord” birinchi, “Midtyulland” 2, “Lasio” 3, “Shturm” 4-o‘rinni egallab turibdi.

Yevropa ligasining boshqa o‘yinlari haqida bir og‘iz:

• "Nant" kutilmaganda "Qorabog‘"ga osonlik bilan 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Umuman olganda, fransuzlar joriy mavsumda bor yo‘g‘i ikkita g‘alabaga erishdi – chempionatda “Tuluza” (3:1) va YELda “Olimpiakos” (2:1) ustidan qozonilgan g‘alaba. Qolgan 8 ta o‘yinda 5 mag‘lubiyat va 3 ta durang qayd etilgan.

• Ispan klublari sinxron g‘alabaga erishdi. Birinchi turda "MYU"ni yenggan "Real Sosyedad" bu safar o‘z maydonida "Omoniya"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Yana bir ispan jamoasi "Betis" "Ludogores"dan ustun keldi - 3:2.

• "Roma" Dibala, Pellegrini va Belotti kiritgan gollar evaziga Finlyandiyaning "XIK" jamoasini yirik 3:0 hisobida yengdi.

• “Frayburg” ham Bundesligada (hozirda ikkinchi o‘rinda) ham, Yevropa ligasida ham yaxshi odimlashmoqda. Ular ketma-ket ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritishdi - bu safar Gresiyaning "Olimpiakos"i mag‘lub etildi (3:0).

• "Bude-Glimt" "Syurix"ni yengdi - 2:1.

• Belgiyaning "Yunion" jamoasi Shvesiyaning "Malmyo"sini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

• “Renn” va “Fenerbxche” esa murosa ko‘chasini tanlashdi - 2:2.

Kiritildi: 08:26, 16.09.2022.
O'qildi: 2674 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.