"Bavariya" boshqaruvi raisi Oliver Kan Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turida "Barselona" ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) haqida fikr bildirdi.
"Biz o‘z xizmatlarimizni bo‘rttirib, eyforiyaga berilib ketmasligimiz kerak. Ba’zi bosqichlarda qanday futbol o‘ynashga qodir ekanimizni barchangiz yaxshi ko‘rdingiz. Biroq, bizda hali yaxshilanishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p", - dedi Kan Sport Bild bilan suhbatda.