Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

“O‘zingizni maymun kabi tutmang!" "Real” futbolchisining gollarni nishonlashi ko‘pchilikka yoqmaydi, shekilli

“O‘zingizni maymun kabi tutmang!" "Real” futbolchisining gollarni nishonlashi ko‘pchilikka yoqmaydi, shekilli

Baho:
+ | -

"Real Madrid" yangi mavsumni ajoyib boshladi, Karlo Anchelotti shogirdlari sakkizta rasmiy o‘yindan sakkiztasida g‘alaba qozondi. Hujumchi Vinisius Junior juda zo‘r ko‘rinyapti, u "gol+pas" tizimida 8 (5+3) ochko to‘pladi. Hammasi yaxshi ketyapti, lekin iqtidorli futbolchining ba’zi xatti-harakati hatto "Real"ning futbolchilariga ham yoqmaydi.

Vinisiusning harakatlari jamoadoshlarini jahlini chiqaradi

11 sentyabr kuni Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan “Malyorka” bilan o‘yinni o‘tkazdi. Karlo Anchelotti shogirdlari raqibni mag‘lub etishdi (4:1), Vinisius g‘alaba to‘pini kiritdi. 72-daqiqada u Rodrigodan uzatmani qabul qilib oldi va to‘pni uzoq burchakka ehtiyotkorlik bilan yo‘lladi. Braziliyalik golni hammaga ham yoqmagan raqs bilan nishonladi.

Goldan keyin Vinisiusning xatti-harakati, “Malyorka” futbolchilarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Uchrashuv yakunida ular braziliyalik futbolchiga nisbatan bir necha qo‘pollik qilishdi. Balki shu yo‘l bilan forvardning provokasion xatti-harakatlarini yo‘q qilishga harakat qilishgandir. Marca xabariga ko‘ra, o‘yin yakunida "Malyorka" bosh murabbiyi Xavyer Agirre o‘z futbolchilaridan Vinisiusga jarohat yetkazishini so‘ragan, bu esa, albatta, "Real" futbolchisiga yoqmagan. Braziliyalik futbolchi maydon chetida raqib murabbiyi bilan og‘zaki tortishib qolgan. Natijada jahldor futbolchi Anchelotti tomonidan tinchlantirildi.

Ammo bu to‘liq hikoya emas. Cadena CER xabariga ko‘ra, Vinisius o‘yin davomida "Malyorka" futbolchilarini har tomonlama provokasiya qilgan. Butun o‘yin davomida u raqiblarga: “Nima? G‘alaba qozonaman deb o‘ylaysizmi?", deb chiqqan. Vinisiusning hiyla-nayranglari jinoiy emas, lekin ular hatto uning jamoadoshlarini ham bezovta qiladi. Nufuzli AS nashrining xabar berishicha, jamoadoshlari futbolchidan xatti-harakatlarini to‘g‘rilashni “ming marta so‘rashgan”, lekin u hech narsa qilmagan.

Nega ispan agenti braziliyalikni maymunga qiyosladi

Endi raqsga qaytaylik. Ispaniya agentlari assosiasiyasi prezidenti Pedro Bravo "Real" futbolchisining goldan keying raqsi uchun xatti-harakatlarini tanqid qildi. To‘g‘ri, u haddan oshib ketdi: “Vinisius raqibni hurmat qilishi kerak. Agar siz raqsga tushmoqchi bo‘lsangiz, Braziliyadagi sambodromga (Riodagi ko‘chalar, samba karnavallari va boshqa keng ko‘lamli tadbirlar uchun mo‘ljallangan joy) boring. Ispaniyada siz raqibingizni hurmat qilishingiz va maymun kabi harakat qilishni bas qilishingiz kerak”.

senyor Bravo bu qizg‘in nutqni ispan televideniyesi efirida aytdi va u bir zumda ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi. Odamlar o‘yinchini maymunga qiyoslashni jirkanch deb atashgan. “Futbol nafrat, irqchilik uchun joy emas. Biz bu bilan kurashishimiz kerak! Biz siz bilanmiz, Vini ”, deb yozdi Braziliyaning TNT Sports Brasil portali.

Mana, “Nyukasl” yarim himoyachisi Bruno Gimaraysh Bravoning so‘zlariga qanday munosabat bildirdi: “Bu ahmoq qamoqda bo‘lishi kerak! Hech qanday bahona yo‘q. Agar Bravo jonli efirda shunday bayonotlar bersa, atrofda kameralar bo‘lmaganda nima deyayotganini tasavvur qiling”.

"Real Madrid"ning hujumkor yarim himoyachisi Reyner ham xuddi shunday deb yozdi ijtimoiy tarmoqlarda. Hozir u "Jirona"da ijara asosida o‘ynamoqda: "Biz sen bilanmiz, Vini. Irqchining joyi qamoqxona! Bu odam jirkanch”.

“PSJ” yulduzi Neymar hamyurtini qo‘llab-quvvatladi: “Driblingga bor, raqsga tush va o‘zing kabi bo‘l! Kimligingizdan rohatlaning. Keyingi goldan keyin birga raqsga tushamiz”, - deb yozdi “PSJ” futbolchisi ijtimoiy tarmoqlarda.

Neymarning tashabbusini boshqa taniqli braziliyalik futbolchilar ham qo‘llab-quvvatladi. Masalan, Risharlison, Lukas Paketa va Rafinya ham ijtimoiy tarmoqlarda Vinisiusni qo‘llab-quvvatlagan.

Natijada, Bravo uzr so‘rashga majbur bo‘ldi: "Men "maymun kabi harakat qilish" iborasi metafora ekanligini aaytmoqchiman. Bunday holda, bu "ahmoqona ishlarni qilish" degan ma’noni anglatadi. Men chin dildan kechirim so‘rayman, chunki men hech kimni xafa qilmoqchi emasman. Men juda afsusdaman!"

"Atletiko" sardori Vinisiusning raqsga tushishi haqida nima dedi?

“Agar Vinisius bizga qarshi o‘yinda gol ursa va o‘z uslubida nishonlasa, stadion qanday munosabatda bo‘ladi? Muammolar bo‘lishi aniq. Garchi u o‘zi xohlagandek nishonlashi mumkin”, - dedi Koke.

“Atletiko” hujumchisi Alvaro Morata (“Real”ning sobiq futbolchisi) “qaymoqranglilar”ni himoya qildi: “Vinisius yaxshi yigit. Menimcha, u raqsga tushishi bilan hech kimni xafa qilmoqchi emas. Har bir futbolchi gollarni o‘zi xohlagan tarzda nishonlash huquqiga ega. Asosiysi, raqibni hurmat qilish va haddan oshib ketmaslik”.

Kiritildi: 11:42, 17.09.2022.
O'qildi: 7210 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.