"PSJ" sport direktori Luis Kampos fransuzlar jamoasining nihoyat sog‘lig‘i muammosidan xalos bo‘lgan va asosiy tarkibda muntazam o‘ynaydigan markaziy himoyachi Serxio Ramos bilan shartnomani uzaytirishiga qarshi emas.
"PSJ"da Serxio Ramos borligidan juda xursandman, agar u shunday o‘ynashda davom etsa, nega bunday qilmasin? Serxio mavsumni ajoyib o‘tkazmoqda. Lionel Messi haqida ham shuni aytishim mumkin. Ikkalasi bilan ham shartnomani uzaytirish yaxshi bo‘lardi", - deya Kamposning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Fransiyaning RMC Sport nashri.