Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Burchak zarbasi penalti misoli... (video)

Burchak zarbasi penalti misoli... (video)

Baho:
+ | -

«Aston Villa» xavbeki Duglas Luis burchak zarbalarini penalti maqomiga ko‘tarmoqda.

U oxirgi haftalarda 4ta «quruq barg» yaratdi - bir-biridan chiroyli gollar. Tabiiyki, braziliyalik futbolchi buning ustida mashg‘ulotlarda alohida ishlaydi.

«Arsenal» APL 5-turida «Aston Villa»ni 2:1 hisobida yengdi - bu «kanonirlar»ning mavsum startidagi ketma-ket 5-g‘alabalari edi. Lekin Mikel Arteta shogirdlari nihoyatda ajib gol qo‘yib yuborishdi. Ya’ni «Villa» futbolchisi raqib darvozasini bevosita burchak zarbasi orqali ishg‘ol qildi. Duglas Luis ijrosida navbatdagi «quruq barg». Aytgancha, «Arsenal» transferlar oynasining so‘nggi soatlarigacha bu futbolchini o‘z tomoniga og‘dirishdan umid uzmadi. 24 yoshli braziliyalikning transferi deyarli amalga oshgandi ham, faqat oxirida nimadir o‘xshamadi va u «Villa»da qoldi.

Duglas Luis - Tokio Olimpiadasi chempioni. U Yaponiyada gol urish bobida ham mutlaq natija ko‘rsatdi. Luisning gollari odatda «olimpiko» atamasi bilan ta’riflanadi. Braziliyalik «Arsenal»ga ajib gol «tortiq» etishdan oldin kubok turnirida «Bolton»ga qarshi o‘yin (4:1)da ham burchak zarbasidan to‘pni to‘g‘ridan-to‘g‘ri darvozaga kiritgandi. O‘sha goldan bir kun oldin esa mashg‘ulotda ham xuddi shunday karomat ko‘rsatgandi. Lekin bu hammasi emas - «Villa» muxlislari mavsumoldi yig‘inlarida «Uolsol» bilan bo‘lgan «o‘rtoqlik»da ham Luis ijrosida shunday gol ko‘rishgandi. Oddiy aytganda, braziliyalik xavbek qiqsa vaqt ichida burchak zarbasidan kamida 4ta gol urdi. Shundan oxirgi 2tasi bir hafta ichida, yana rasmiy o‘yinlarda kuzatildi.

Luis Duglas oldinroq «Manchester Siti» ixtiyorida edi. U yevrofutbolga 2017 yili yuzlangan bo‘lib, o‘shanda «shaharliklar» transferiga 12 million yevro sarflashgandi. Lekin jamoa rahbariyati braziliyalikni darhol ijara kelishuvi asosida «Jirona»ga jo‘natdi. Duglasning APLdagi debyuti esa 2019 yili kuzatildi, lekin «Siti» emas, «Aston Villa»da. Birmingem jamoasi uni 15 million yevroga sotib oldi. Luis shundan buyon «Villa»ning chempionat doirasidagi 119ta o‘yinidan 107tasida maydonga tushdi. Endilikda futbolchi top-klublar nazarida. Braziliyalik xavbekning amaldagi shartnomasi esa kelasi yozgacha mo‘ljallangan. Oxirgi transferlar bozorining so‘nggi soatlari yarim himoyachi uchun «Arsenal», «Chelsi» va «Liverpul» o‘rtasida qizg‘in kurash bordi. Qolaversa, unga «Atletiko» va «Nyukasl» ham befarq emasdi. Xaridorlar «Aston Villa»ga chamasi 20 million funt sterling taklif etishdi, biroq jamoa 30 «limon» olishni istadi. Umuman, «Villa» bosh murabbiyi Stiven Jerrard «Arsenal»ga qarshi o‘yindan so‘ng futbolchini qo‘yib yuborishni istamayotganini tan olgandi: «Afsuski, Duglas transferini nazorat qilolmayman, hammasi uning o‘zi va agentiga bog‘liq. Lekin jamoada qolishini istardim, u - fantastik futbolchi. O‘z pozisiyamni aniq tushuntirdim. Hozir eng yaxshi futbolchilarimizdan birini yo‘qotadigan  holatda emasmiz. Biroq Duglas shartnomasi tugashiga 1 yilcha qoldi va klub bu holatda eng yaxshi variantni tanlashga majbur». Yakunda «Villa» rahbariyati murabbiy gaplarini inobatga oldimi yoki bosh­qa sabab, har holda, Luis Duglas qoldi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:02, 17.09.2022.
O'qildi: 19116 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.