Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Noodatiy uslub «Atalanta»ga omad keltirmoqdami?

Noodatiy uslub «Atalanta»ga omad keltirmoqdami?

Baho:
+ | -

Kutilmagani «Atalanta»ning peshqadamligi emas, buni avvalam ko‘p ko‘rganmiz. Bu yerda noodatiy holat — bergamoliklarning o‘yin uslubi. Shu paytgacha Gasperini bizga qanday jamoa namoyish etgan bo‘lsa, shuning butunlay teskari «Atalanta»ni ko‘ryapmiz va u 1-o‘rinda bormoqda.

Avvalgi «Atalanta» yuqori pressing qiladigan, to‘pni nazoratiga e’tibor qaratadigan va bu uslubni Italiyada yo‘lboshchisi bo‘lgan jamoa edi.

Hozir «Atalanta» to‘p nazorati bo‘yicha 16chi, golli vaziyatlar bo‘yicha 8chi, aniq zarbalarda 9chi, aniq paslar bo‘yicha 17chi, raqib maydonida to‘pni olib qo‘yish bo‘yicha esa, 15chi o‘rinda.

Shu bilan birga, vertikal paslar, hujumni qaytarish, quruq o‘yinlar bo‘yicha yetakchilardan biri. Eng kam gol o‘tkazgan. Eng ko‘p penalti tepgan. «Atalanta»mi bu «Inter»?

Albatta, Gasperini birdaniga o‘zgarishi, jamoasi boshqacha o‘ynay boshlashi imkonsiz. Shunchaki, «Atalanta» mavsumning hamma o‘yinida hisobni ochgan va uyog‘iga hisobga qarab o‘ynamoqda. Aksariyat o‘yinlarda g‘alabani ushlab qoldi ham.

Bu darajada anormallik natijalarning vaqtincha ekanini ham ko‘rsatadi. Omad ham o‘tgan mavsumlardagi qarzini to‘lamoqda.

Balkim «A Seriya»da barqaror jamoaning o‘zi chiqmayotgan va 2-o‘rinni «Udineze» egallab turgan mavsumda «Atalanta»ga omad kulib boqar?

Darvoqe, yana bir o‘ta muhim jihat. Bu yil JCH ham bor. Ya’ni oktyabrdan boshlab to martgacha yevrokubokda o‘ynaydigan jamoalar haftasiga ikki o‘yinli rejimda to‘p suradi. «Atalanta» esa, raqobatchilar ichida Yevropada o‘ynamayotgan yagona klubdir. Bundan tashqari, jamoa safida mundialga bormaydigan futbolchilar ham nisbatan ko‘proq. Ya’ni Gasperini bu safar aynan jismoniy ustunlikka urg‘u berib, mavsumdagi eng tetik jamoa sifatida qo‘shimcha imkoniyat yaratishi mumkin. Kuzatamiz.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 23:33, 18.09.2022.
O'qildi: 2222 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик