Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Xoland: Shunchaki aqlga sig‘mas start

Xoland: Shunchaki aqlga sig‘mas start

Baho:
+ | -

Erling Xoland hammani hayratga solishdan aslo to‘xtamayapti.

Ayniqsa, CHLda. Asosiy yevroturnirga bunday shiddatkorona kirishni Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu hattoki, orzu ham qilolmagan bo‘lsalar kerak. Umuman, YECHLning butun tarixida bunday yorqin start qayd etilgan emasdi. Qarang, norvegiyalik goleador «Manchester Siti» safida ham CHLdagi ilk o‘yinidan gol terishni boshladi. U «Sevilya» bilan bahsdagi «dubl»dan so‘ng Yevropaning eng yirik turnirida 25ta gol marrasiga yetgan 37-futbolchi bo‘ldi.


CHLda 25ta gol marrasiga eng tez yetgan futbolchilar

22 yoshli Erling Xoland 25ta gol marrasi yo‘lida atigi 20ta o‘yin sarfladi. Bu borada avvalgi rekord Filippo Inzagi va Ruud van Nistelroyga tegishli edi - ular 25-golni 30-o‘yinda nishonlashgan. Taqqoslash uchun aytsak, Lionel Messi 25ta gol urish uchun 42ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, turnirning eng yaxshi to‘purari Krishtianu Ronaldu bu marrani atigi 64-uchrashuvda zabt etgandi.


CHLning eng yaxshi to‘purarlari dastlabki 20ta o‘yinda

Turnirning elit snayperlaridan hech biri shiddatkor start borasida Xoland oldiga tusholmaydi. Raqamlarda keltirsak, Ruud van Nistelroy dastlabki 20ta o‘yinda 16ta gol urgan bo‘lsa, Andrey Shevchenko shuncha uchrashuvda raqiblar darvozasini 14 marta nishonga olgandi. Karim Benzemada 20ta o‘yin hosilasi yanada past - 12ta gol. Superyulduzlar orasida turnirda gol yig‘ishni hammadan ko‘proq paysalga solgan futbolchi - Krishtianu Ronaldu. Diqqat qiling, portugaliyalik to‘purar CHLdagi 20ta o‘yinida loaqal 1ta gol urmagandi. Tomas Myuller va Zlatan Ibragimovichda ham natija ancha past bo‘lgan.


CHLda 3ta yoki ko‘proq jamoa safida «dubl»ga erishgan futbolchilar

Erling Xoland hozirga qadar CHLda 3ta klub libosida «dubl» qayd etishga ulgurdi. Joriy mavsumgacha turnir tarixida atigi 7 nafar futbolchi shunday natija ko‘rsatgan edi. Demak, norvegiyalik sakkizinchisi! Alohida ta’kidlash kerak, betakror Zlatan Ibragimovich faoliyati davomida naq 5ta klub safida turnirning muayyan o‘yinida 1tadan ko‘p gol urgan.

Aytgancha, APLda 1ta gol uchun to‘pga o‘rtacha eng kam tegayotganlar:

1. Erling Holand — 13,2 marta tegishda 1 gol...
2. Antoni — 28...   
3. Kallum Uilson — 28,5.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:58, 19.09.2022.
O'qildi: 2162 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.