Insayder Fabrisio Romano yanvar oyidagi transfer oynasida hujumchi Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"dan ketishini istisno etmayapti.
“Men buni istisno qilmagan bo‘lardim. Agent Jorje Mendesh yechim topishga harakat qilganda, u o‘z yo‘lini topishini hech qachon inkor eta olmaysiz”, dedi Romano o‘zining podkastida.
Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionatida portugaliyalik hali samarali harakatlari bilan ajralib turmagan.