Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Potterning «tayoqcha»si Londonda ham ish beradimi?...

Potterning «tayoqcha»si Londonda ham ish beradimi?...

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi to‘satdan Tomas Tuxelni o‘z lavozimidan ozod etib, uning o‘rniga Grem Potterni bosh murabbiy etib tayinladi.

Londonning «Chelsi» klubi to‘satdan Tomas Tuxelni o‘z lavozimidan ozod etib, uning o‘rniga Grem Potterni bosh murabbiy etib tayinladi. O‘tgan payshanba kuni ertalab yangi bosh murabbiy «Brayton» futbolchilari bilan xayrlashib, klub bazasini tark etgan bo‘lsa, oqshomda uning «Chelsi»ni qabul qilganligi rasman e’lon qilingandi.

Grem Potter kim o‘zi?

Nisbatan ancha yosh (47) bo‘lgan angliyalik mutaxassis APLdagi o‘rtamiyona natijalari bilan tanilgan. U «Brayton» bilan 16, 15 va 9-o‘rinlarni band etgan, Angliya va Liga Kubogi musobaqalarida nimchorak finaldan yuqoriga ko‘tarila olmagan. Lekin «Brayton»dagi hujumkor o‘yin uslubi bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortgandi. Uning uslubi ochkolar keltirmagan bo‘lsada, «Brayton»ning o‘yinlari tomoshabop va yoqimli bo‘lardi. Shuningdek, Potter o‘z shogirdlari mahoratini hujumkor uslub evaziga oshirishga muvaffaq bo‘lgandi.

Grem Potter davrigacha «Brayton» transfer mavsumlarida qatorasiga 4 yil ko‘proq pul sarflab, oz daromad olgandi. Uning rahbarligidagi so‘nggi 2 yilni esa musbat ko‘rsatkich bilan yakunladi. Shu yilning yozida jamoa xaridlar uchun 48 mln. yevro sarflagan holda, 114 mln. daromad oldi. Ya’ni, 66 mln.ga ko‘proq. Qizig‘i shundaki, «Chelsi» aynan shuncha mablag‘ evaziga Kukurelyani «Brayton»dan sotib oldi. Endi chap qanot himoyachisi o‘z ustozi bilan top-klubda hamkorlik qiladigan bo‘ldi.

Aytgancha, Potterning «Chelsi»ga tayinlanishi JCH-2022 arafasida Angliya terma jamoasiga ta’sir etishi mumkin. Hozirga qadar jamoa 2 nafar yuksak saviyali chap qanot himoyachi - Lyuk Shou hamda Ben Chiluellga ega edi. Endi shu futbolchilar mundial eshik qoqib turgan pallada o‘yin amaliyotisiz qolishlari mumkin. Lyuk «MYU»ga yangi murabbiy kelganidan keyin zaxiradan joy oldi. Potter esa chap qanotni Kukurelyaga topshirishga ulgurdi. Lekin APLning 6-turidan joy olgan «Vest Xem»ga qarshi bellashuvning 71-daqiqasida aynan Kukurelya o‘rniga maydonga tushgan Chiluell avval gol urib, keyin samarali uzatmani amalga oshirish orqali «ko‘klar»ning irodali g‘alabasini (2:1) ta’minladi. Qiziq, bu yog‘iga yangi bosh murabbiy qaysi shogirdiga ko‘proq ishonch bildirarkin?

 

Grem Potter qaysi jihati bilan tanilgan?

Nostandart shaxs. Murabbiylik faoliyatining katta qismini Shvesiyada o‘tkazgan. U yerda Grem ko‘pchilikka tanish bo‘lmagan «Estersund» klubini (Shvesiya 4-divizoni) qabul qilib, bosqichma-bosqich 1-diviziongacha olib chiqdi. Qo‘shimchasiga, Shvesiya Kubogini qo‘lga kiritdi.

Murabbiyning xorijga yo‘l olishi avvaliga ajablanarli tuyulgandi. Bunga qadar Grem universitet jamoalarini boshqargan, Gana ayollar terma jamoasida JCH-2007 turnirida texnik direktor lavozimida ishtirok etgandi. Ayni o‘sha pallada Potterlar oilasida to‘ng‘ich farzand dunyoga kelgan bo‘lsada, u Shvesiyada omadini sinab ko‘rishga qaror qildi va dadillik o‘zini oqladi.

Boz ustiga, uning rahbarligida elitaga chiqqan «Estersund» YEL yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, saralash bosqichida «Galatasaroy» va «PAOK» to‘siqlaridan o‘tdi va 2-o‘rin bilan «pley-off» bosqichiga tushdi. Keyin esa Jasur Yaxshiboyevning «Sherif»i kabi mo‘’jiza namoyish etdi. Ya’ni, Arsen Vengerning «Arsenal»ini «Emireyts»da mahv etdi!

To‘g‘ri, o‘z maydonidagi javob uchrashuvida qayd etilgan yirik mag‘lubiyat orqali «Estersund» «Emireyts»dagi mo‘’jizani yo‘qqa chiqarib, nufuzli turnirdagi ishtirokini nihoyasiga yetkazdi. Darvoqe, o‘sha uchrashuv Arsen Vengerning APLdagi so‘nggi o‘yini edi.

Yana bir qiziqarli fakt: Shvesiyada Grem Potter o‘z shogirdlarini 1600 nafar tomoshabin shohidligida teatr sahnasida «Oqqush ko‘li» baleti va region madhiyasini ijro etishga majbur etgandi. Guardian nashrining ta’biriga ko‘ra, murabbiy shu yo‘l bilan o‘yinchilarga muxlislar qarshisida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik, xotirjam to‘p surish xislatlarini singdirishga uringan.


Aynan «Chelsi»  Potterga qay darajada mos tushadi?

O‘tgan yil yanvarida «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shunday degandi:

«Men Grem Potterning chin muxlisiman. Uning «Brayton»i o‘yinlarini tomosha qilish ham, tahlil etish ham o‘ta maroqli. Jamoada har bir o‘yinchi o‘z vazifasi, pozisiyasini yaxshi biladi, maydonda erkin harakatlanadi. Va albatta, zarur bo‘lsa, istalgan pozisiyada o‘ynay oladi».

Murabbiyning Londondagi faoliyati qanday kechishi haqida hozircha fikr bildirish ancha mushkul. Lekin aynan Grem Potterga ishonch bildirilgani mantiqan to‘g‘ri yechimdek tuyulmoqda. Uning «Brayton»i grandlarga xos to‘p suradi - tig‘iz pressing va to‘p nazoratini o‘z tomoniga og‘dirgan holda o‘ynaydi. Shu bilan birgalikda, Potter 5 nafar himoyachini maydonga tushirishiga qaramay, jamoaning hujumkor o‘yin ko‘rsatishi - ajablanarli hol.

Hamma gap shundaki, «Brayton»ning qanot himoyachilari o‘z vazifalaridan tashqari, hujumlarda ham faol ishtirok etadilar. Hatto nomdor jamoalarga qarshi o‘yinlarda ham oldinga intilishdan tap tortmaydilar.

Tanlovning Potterda to‘xtaganligida yana bir ijobiy jihat mavjud: 5 nafar himoyachili uslub «Chelsi»ga yaxshi tanish. Uni Tuxel o‘tgan mavsumda qo‘llagan, bu mavsumda ham qo‘llayotgandi. Demak, yangi bosh murabbiyning jamoa bilan til topishi ancha oson kechishiga shubha yo‘q.

Aytgancha, Grem Potter Lids universitetida yetakchilik va emosional intellekt bo‘yicha magistr unvoniga sazovor bo‘lganligi ham ko‘pchilik uchun yangilik bo‘lsa kerak. «Brayton» misolida u o‘zining bilim-saviyasi ta’sirida o‘yinchilardagi yuksalish orqali isbotladi. Aynan shu jihat Tuxelga yetishmagandi. Germaniyalik murabbiyda sovrinlar yo‘q emasdi, lekin qaysi futbolchida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi.

Potter Londonga o‘zining «Brayton»dagi assistenti Billi Ridni ham olib keladi. Billi - murabbiylar shtabidagi ikkinchi shaxs. Shu yilning yanvarida Grem «Lester»­ga qarshi safar uchrashuviga koronavirusga chalingani bois bora olmagan, bu yumushri Ridga topshirgandi. Biroq u ham bemorligi sababli Lesterga bora olmadi.

«Brayton»dan olingan xabarga ko‘ra, Grem Potter shtabining 4 nafar a’zolari klubni tark etishgan. Ular ham «Chelsi» shtabidan joy oladilar.


Garri Poter haqida  hazillashish mumkinmi?

Ha. Bu mavzu eskirgan bo‘lsada, ko‘pchilikni to‘xtatishning iloji yo‘q. Gremning «ko‘klar» bilan shartnomasi 5 yilga mo‘ljallangan. Bu o‘z-o‘zidan tushunarli: murabbiy o‘zi istagan o‘yinni qisqa vaqt ichida yo‘lga qo‘ya olmaydi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:00, 20.09.2022.
O'qildi: 2960 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.