Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

De Dzerbi: "Potter qilgan ishlar tufayli bu yerda ishlash menga ososnroq bo‘ladi"

De Dzerbi: "Potter qilgan ishlar tufayli bu yerda ishlash menga ososnroq bo‘ladi"

Baho:
+ | -

"Brayton"ning yangi bosh murabbiyi Roberto De Zerbi shartnoma imzolaganidan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu yerda ekanligimdan juda xursandman, yangi bosh murabbiy bo‘lganimdan juda faxrlanaman. Men klubga rahmat aytmoqchiman, har bir futbolchini o‘rganaman va yanvargacha ingliz tilida gaplashaman deb umid qilaman.

Potter mendan oldin qilgan ishlari tufayli men uchun "Brayton"da ishlash osonroq bo‘ladi. Mening futbol haqidagi g‘oyamga mos keladigan ko‘plab sifatli o‘yinchilar bor, ularda ham menga yoqadigan mentalitet va pressing bosimi bor. Jadvalda to‘rtinchi o‘rindagi jamoani olishim aniq, ammo bu men uchun qo‘shimcha motivasiya.

Gvardiola men bilan bog‘landi, u juda xursand va bu klub haqida yuqori gapiradi, agar biror narsa kerak bo‘lsa, menga yordam berishga doim tayyor ekanligini aytdi - biz bir-birimizga qarshi o‘ynagan o‘yinimiz bundan mustasno!

Gvardiolaning futboliga kelsak, menimcha, Pepni erishib bo‘lmaydigan murabbiy, chunki u buni Angliya, Germaniya va Ispaniyada isbotlagan", - deya De Zerbining matbuot anjumanida so‘zlaridan iqtibos keltirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 43 yoshli mutaxassis "chag‘alaylar" bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Grem Potter "Chelsi" bilan 5 yillik shartnoma imzolaganidan keyin "Brayton" murabbiysiz qoldi.

Ayni paytda klub 6 turdan keyin 13 ochko jamg‘argan holda Premyer-liga turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 05:26, 21.09.2022.
O'qildi: 1009 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик