Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Farhod Nishonov: «Yig‘inning birinchi kunidanoq o‘z oldimizga aniq maqsad qo‘ygandik»

Farhod Nishonov: «Yig‘inning birinchi kunidanoq o‘z oldimizga aniq maqsad qo‘ygandik»

Baho:
+ | -

2023 yilning mart oyida O‘zbekiston yashil maydonlarida 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi final bosqichi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda Osiyoning eng kuchli jamoalari qit’a birinchiligi va Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

O‘z o‘rnida, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ham mezbon sifatida mazkur musobaqaga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Jamoamiz, rejaga muvofiq, musobaqaga qadar bir nechta yig‘inlar o‘tkazishi, xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi, bir qancha futbolchilarni seleksiya qilib borishi rejalashtirilgan.

Sentyabr oyidagi yig‘in davomida O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Urugvayda o‘tkazilgan «Maldonado Cup» turnirida ishtirok etib, Braziliya, Argentina va Urugvay yoshlar terma jamoalariga qarshi uchrashuvlar o‘tkazdi.

Mazkur davrda Saudiya Arabistonida esa U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston U-19 terma jamoasi ishtirok etdi. Bu orqali Farhod Nishonov shogirdlarining xalqaro tajribalarini yanada orttirish va ularni rasmiy uchrashuvlarga tayyorlab borish hamda yoshlar terma jamoasiga munosib nomzodlarni saralab olish maqsad qilingandi.

Vakillarimizning turnirdagi ishtiroki ramziy hisoblangan bo‘lsada, jamoamiz bor imkoniyatini ishga solib, musobaqada maksimal natijani qayd eta oldi. Xususan, yoshlarimiz turnir davomida raqiblar darvozasiga 14 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 2 ta to‘p olib chiqdi. Turnir favoritlaridan hisoblangan mezbon — Saudiya Arabistoni U-20 terma jamoasi ham ishonchli tarzda mag‘lub etildi.

O‘zbekiston - Maldiv - 7:0

O‘zbekiston - Myanma - 3:0

Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston - 1:2

Xitoy 1:2 O‘zbekiston

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi matbuot va media bo‘limi jamoa vakillaridan mazkur yig‘in, saralash bosqichidagi ishtirok va keyingi rejalar xususidagi fikrlari bilan qiziqdi.

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov:

— Barchaga ma’lum, Saudiya Arabistonidagi Osiyo kubogi saralash bosqichida qanday natija qayd etishimizdan qat’iy nazar musobaqaning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lgan edik. Lekin bu musobaqa biz uchun juda katta ahamiyatga ega edi, sababi, biz keyingi yilgi turnirda nafaqat mezbon balki favoritlardan biri sifatida ishtirok etishni maqsad qilgandik. Shu sababli ham bu bosqichda bor imkoniyatlarimizni namoyish etdik.

— Futbolchilarning jismoniy va ruhiy holatidan qoniqish hosil qildingizmi, oldinda qilinishi kerak bo‘lgan qanday ishlar bor?
— Futbolchilarimizning jismoniy holatiga keladigan bo‘lsam, ularning ham jismoniy ham ruhiy holatidan qoniqish hosil qildim. Chunki bu yig‘inga jismoniy-ruhiy jihatdan tayyor futbolchilar jalb etilgan edi. Reja bo‘yicha ish olib bordik, lekin oldimizda qilinadigan ishlar ko‘p. Bu yoshlarimiz kelajakda professional futbolchi bo‘lishlari uchun biz ham ularning o‘zlari ham harakat qilishimiz lozim. Ular individual jihatdan o‘sishlari, o‘z ustida ishlab borishlari kerak.

— Qaysi o‘yinlar siz uchun qiyinroq kechdi, xususan, Saudiya Arabistoniga qarshi tarixiy g‘alaba haqida nimalar deya olasiz?
— Shubhasiz eng qiyin bahs Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin bo‘ldi. Sababi, raqibimiz juda kuchli edi. Tarkibida mahoratli o‘yinchilari ham ko‘p. Shuning uchun bu o‘yinda qiyinchilikka duch keldik, lekin shu o‘rinda futbolchilarga rahmat aytib qolaman. Ular maydonda borini berib harakat qilib, oxirigacha kurashdilar. Yig‘inning ilk kunidanoq asosiy maqsadimiz Saudiya Arabistonini mag‘lub etish edi, buni ustida ishladik. Shu ishtiyoq tufayli ham g‘alabaga erishdik, deb o‘ylayman.

Jamoa futbolchisi Mirkomil Abdurazzoqov:

— Yaponiyada bo‘lib o‘tgan yig‘indan so‘ng bizga yana bir yaxshi imkoniyat taqdim etildi. 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi saralash bahslarida ishtirok etishimiz aytildi. Biz bundan xursand bo‘ldik. Chunki bu nimalarga qodir ekanligimiz, qaysi tomonlarda esa ko‘proq ishlashimiz kerakligini ko‘rsatib berardi.

— Murabbiylar asosan nimalar ustida ishlashdi?
— Murabbiylarimiz yig‘inning ilk kunidanoq taktik va jismoniy mashg‘ulotlarni olib borishdi. Oldimizda muhim turnir turganligi, biz keyingi bosqich masalasiga chiqqanligimizni unutishimiz shartligini uqtirib kelishdi. Shu tufayli bo‘lsa kerak, barcha uchrashuvlarda g‘alabaga tashna bo‘lib maydonga tushdik.

— Turnirdagi eng qiyin bahs?
— Eng qiyin bahs albatta Saudiya Arabistoni bilan o‘tkazilgan o‘yin bo‘ldi. Bu jamoa har tomonlama kuchli ekanligini, biroq ularni mag‘lub etish orqali o‘z imkoniyatlarimizni namoyish etishimiz kerakligini bizga aytishdi. O‘yin davomida har ikkala tarafda ham yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Biroq yakunda biz baribir o‘yinni o‘z foydamizga hal qildik. So‘nggi turda Xitoy bilan ham oson bo‘lmagan o‘yinni o‘tkazdik. Birinchi bo‘limning oxiriga kelib bir kishi kam qoldik. Lekin o‘yinning so‘nggigacha biz o‘z ustunligimizni namoyish qilib, g‘alaba qozondik.

Qayd etish kerak, 20-sentyabrdan Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkentdagi yig‘inlarini boshladi. Mazkur yig‘inga saralash bosqichida o‘z iqtidor va imkoniyatini namoyish eta olgan 3 nafar futbolchi — Rian Islomov, Asadbek Jo‘raboyev va Asror Kenjayev jalb etildi.

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 24-27-sentyabr kunlari Toshkentda Jahon chempionati ishtirokchisi — Slovakiya yoshlar terma jamoasiga o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnashadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 12:16, 21.09.2022.
O'qildi: 1750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.