Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Dahshat! Lisandro Martines "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" o‘yinidan oldin 28 ming kilometr masofa yo‘l bosib o‘tishi kerak

Dahshat! Lisandro Martines "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" o‘yinidan oldin 28 ming kilometr masofa yo‘l bosib o‘tishi kerak

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Lisandro Martines Argentina terma jamoasining AQSHdagi yig‘iniga yetib borish uchun qirolicha Yelizaveta II vafotidan keyin yopilgan Londondagi AQSH elchixonasida viza ololmadi.

Natijada u hujjatlarni rasmiylashtirish uchun Buyuk Britaniyadan Argentinaga uchishi kerak bo‘ldi (masofa 12 000 kilometr). Endi, Argentinaning OLE nashriga ko‘ra, Martines Mayamiga yo‘l oladi va yana 7280 kilometr masofaga parvoz qiladi.

Shunday qilib, sayohat davomida argentinalik 19 000 kilometr masofani bosib o‘tadi. Taqqoslash uchun, Buyuk Britaniyadan Mayamiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz atigi 7000 kilometrni tashkil qiladi.

Ushbu sayohatlardan so‘ng Martinesga shanba kuni erta tongda Gondurasga qarshi o‘yin oldidan jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazish uchun bor-yo‘g‘i bir kun vaqt bo‘ladi.

Va bu hali hammasi emas - u Nyu-Yorkka (2000 kilometr masofa) uchish uchun yana bir samolyotga chiqishi kerak, u yerda chorshanba kuni (28 sentyabrda) Argentina Yamayka bilan o‘yin o‘tkazadi.

Manchesterga qaytguniga qadar Martines jami 28 000 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tadi. Keyin esa 2 oktyabr kuni "Manchester Siti"ga qarshi yirik o‘yin oldidan "Yunayted" bilan mashg‘ulotlarga qaytishi kerak.

Agar Martines bularning barchasiga qaramay formasini saqlab qola olsa va Manchester derbisida o‘ynasa, bu chinakam qahramonlik bo‘lishi mumkin.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 21:10, 22.09.2022.
O'qildi: 6159 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.