Sky Sports xabariga ko‘ra, "Aston Villa" yarim himoyachisi Bubakar Kamara tizzasidan jarohat olib, taxminan ikki oy maydonga tusha olmaydi.
22 yoshli yarim himoyachi Angliya chempionatining “Sautgempton”ga qarshi o‘yinida (1:0) jarohat olgandi.
Jarohat Kamaraning Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirokini shubha ostiga qo‘yadi.
Kamara joriy mavsumda Premyer-ligada 7 ta o‘yinda maydonga tushdi. Yozda u 25 million evro evaziga "Marsel"dan "Aston Villa"ga o‘tgan edi.













