Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Dani Alvesh buni tan oldi. U – "ronalduchi"

Dani Alvesh buni tan oldi. U – "ronalduchi"

Baho:
+ | -

Sobiq "Barselona" futbolchisi Dani Alvesh o‘zining Krishtianu Ronalduga bo‘lgan "sirli sevgi"sini izhor etdi. Ushbu ikki yirik futbol nomlari ko‘p bor bir-biriga qarshi to‘qnash kelishgan. Bunga esa ularning "Real" hamda "Barsa"da o‘ynashi sabab bo‘lgan. Ayni damda Alvesh Meksikaning "Nacyonal" klubida harakat qilmoqda. Ronaldu esa yozdagi noaniqliklardan so‘ng, baribir "MYU" da qoladigan bo‘ldi. Quyida Alveshning Ronalduga bo‘lgan muhabbati haqida so‘z boradi.

Dani Alvesh yaqindagina o‘zining Ronalduga bo‘lgan hurmat va e’tiborini ma’lum qildi. Ammo buni uzoq vaqt Barselona-Madrid raqobati sabab yashirib kelishiga to‘g‘ri kelgan. Braziliyalik futbolchi shunday deydi: "Men Ronalduni yaxshi ko‘raman. Ha, menga u yoqadi. Endilikda, biz "Barsa" va "Real" vakillari emasmiz. Shu sabab hozir buni bemalol aytishim mumkin. Afsuski, buni yillar davomida bildira olmaganman. Ronaldu doimo biz kabi futbolchilarga o‘zining qattiq mehnati bilan o‘rnak bo‘lib kelgan. Men uni juda ham hurmat qilaman. Buni o‘ziga aytishga imkoniyatim bo‘lgan edi. Ammo bunday qilmaganman. Raqib jamoalarda o‘ynaganimiz sababli, ba’zida shunday vaziyatlar bo‘lardiki, hatto, bir-birimizga qarashga ham or qilardik. Hatto, shunday paytlarda ham, garchand, u men bilan salomlashmasada, men u bilan ko‘rishishga harakat qilardim..."

"Buning aksi hech qachon yuz bermagan. Ammo "Oltin to‘p" topshirish marosimida, ba’zida, men va u o‘rtasida "jang" sodir bo‘lardi. Hattoki, shunday vaqtlarda ham u men bilan "Barsa-"Real" qarama-qarshiligi sababli salom bermagan. Endi o‘zingiz aytingchi, mana shunday butun borlig‘i va odatlarini ish uchun moslashtirgan, unga bag‘ishlagan insonni qanday hurmat qilmaslik mumkin? Men Ronalduga o‘xshashga harakat qilaman. Chunki uning professionalizmi menga yoqadi".

Dani Alvesh o‘zini Messidan ko‘ra Ronalduga ko‘proq o‘xshatishini aytdi. Braziliyalik futbolchi shunday deydi: "Agarda taqqoslash kerak bo‘lsa, men Messidan ko‘ra, Ronalduga yaqinroq tipdagi futbolchiman degan bo‘lardim. Negaki, men ham Ronaldu kabi mehnat qilishga harakat qilaman. Messi esa o‘zga dunyo: u futbol o‘ynash uchun yaralgan. Unda tug‘ma iste’dod bor. Ronaldu va men esa natijalarga katta mehnat orqali erishishga odatlanganmiz. Ronaldudek futbolchi bilan zamondosh bo‘lganimdan faxrlanaman!".

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 16:05, 25.09.2022.
O'qildi: 5979 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик