Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya
21/12 00:45 Verona - Milan
21/12 01:00 Jirona - Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao

"MYU"dagi so‘nggi moliyaviy voqealarning asosiy aspektlari haqida

"MYU"dagi so‘nggi moliyaviy voqealarning asosiy aspektlari haqida

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" so‘nggi 10 yildagi Yevropada eng ko‘p pul sarflagan jamoa sanaladi. Bu haqidagi ayrim e’tiborga molik jihatlar haqida so‘z yuritishga qaror qildik. Demak, boshladik.

1. "MYU" haftasiga ortiqcha 2 million funt yo‘qota borgan

"Qizil iblislar" rahbariyati o‘tgan mavsumda 115,5 million funt yo‘qotgani haqida ma’lum qilgandi. Bu yo‘qotish, so‘nggi yildagi 18 foizlik iqtisodiy o‘sishga qaramay yuz bergan. Garchand muxlislar yana stadionga qaytganiga qaramay, yo‘qotishlar miqdori 23 million funtgacha o‘sgan. Bu esa "Manchester Yunayted"ga haftalik 2,2 millionlik yo‘qotish qayerdan kelib qolganiga javob bo‘la oladi.

2. Klubdagi futbolchilar moashi Yevropdagi eng yuqori ko‘rsatkich

"MYU" o‘tgan mavsumda tarkib futbolchilari moashi uchun jami 384,2 million funtni sarflab yuborgan. Ammo klub mavsumni o‘z tarixidagi eng yomon natija bilan yakunladi. Garchand, hamma klublar ham bunday hisobotlarni e’lon qilib ulgurmagan bo‘lsa ham, "MYU" bu borada birinchi bo‘lishi taxmin qilingan. Bu natija 2020-21 yillarga qaraganda 61,6 million funtga ko‘proqdir. "MYU" bu borada "Manchester Siti"ni ham ortda qoldirgan.

3. "MYU" murabbiylarni ishdan bo‘shatgani sabab ularga 25 million funt to‘lab bergan

Noyabr oyidagi Sulsherning ketishi, mavsum oxirida esa Rangnik olib qolinmagani sababli, klub fondi ortiqcha 24,7 million funt zarar ko‘rgan. Umuman olganda, Fergyuson ketganidan beri, jamoa murabbiylarni haydash borasida ancha faol. Shu faollik rahbariyatga qariyb 58 million funtga aylangan. Bu murabbiylar ichida Devid Moyes, Lui van Gal, Joze Mourinyo va Sulsherlar bor edi.

4. Klub qarzi 94,5 millionga oshgan

"MYU"ning umumiy qarzi 2021 yildagi 419,5 million funtdan, bu yili 514,9 millionga yetgan. Bu esa 22 foiz o‘sish bo‘lganini ko‘rsatadi. Bu haqida jamoa moliyaviy masalalar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Kliff Bati shunday deydi: "2022 yilda ma’lum qilingan moliyaviy kamomadlarga pandemiya, muxlislarni to‘liq stadionlarga qaytarish, tijoriy hamkorlik va stadionni ta’mirlash ishlari sabab bo‘ldi".

5. Gleyzerlar dividend* olishni davom etgan

"MYU"ning qarzlari deyarli chorak marta ko‘paygan. Ammo klub egalari shunday og‘ir sharoitlarda ham dividend olishni davom ettirgan. Amerikalik ishbilarmonlarning bu borada yillik olgan foydasi 33,6 million funtni tashkil etgan.
Mana shunday faktlar bilan "Manchester Yunayted" yozda 200 million funtdan ortiq pulni transferlarga sarfladi. Ko‘ramiz, bu qanchalik o‘zini oqlarkin...

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com

Дивиденд* акциядорлар жамияти фойдасидан акция эгасига ҳар йили бериладиган ва унинг даромадига айланган қисми. Дивиденд миқдори акциядорлар жамиятининг соф фойдаси, акциялар сони ва қийматига боғлиқ. Дивиденд ҳар йили (солиқлар тўланиб, ривожланиш учун ажратмалар чиқарилиб, захиралар тўлдирилгач, облигациялар бўйича фоизлар ва директорларга бериладиган мукофот ҳақи тўлангандан сўнг) акциядорларнинг қўлидаги акция миқдори ва турига мувофиқ тақсимланади.

Kiritildi: 17:00, 25.09.2022.
O'qildi: 2310 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.