"Chelsi" himoyachisi Kalidu Kulibali Premyer-ligaga moslashishi haqida gapirdi. Eslatib o‘tamiz, senegallik futbolchi 2014 yildan buyon o‘ynagan "Napoli"ni tark etib, "Stemford Bridj"ga 38 million yevro evaziga o‘tgan edi.
"Menga Angliya Premyer-ligasida moslashish 6 oygacha davom etishi mumkinligini aytishdi. Biroq, men tezroq uddalayman deb o‘ylayman. Men hammaga yaxshi himoyachi ekanligimni isbotlamoqchiman", - deya Kulibalining so‘zlarini keltiradi The Sun.
Kalidu allaqachon "Chelsi" safida debyut golini ham urdi.