Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya - Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya - Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr

"PSJ" Shkrinyar uchun qishda 30 million yevro to‘lashga tayyor

"PSJ" Shkrinyar uchun qishda 30 million yevro to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

"PSJ" Milan Shkrinyarning "Inter" bilan shartnomasi bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolgani uchun futbolchini qishda sotib olmoqchi.

La Gazette Dello Sport xabariga ko‘ra, "neradzurrilar" 27 yoshli himoyachi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti - muzokaralar to‘xtab qolgan. Slovakiyalik bilan amaldagi kelishuv 2023 yilning yozida tugaydi.

Tomonlar yaqin orada bu masala bo‘yicha muzokaralarga qaytmasa kerak. Eng yaxshi holatda "Barselona" bilan Chempionlar ligasi doirasidagi ikkita o‘yindan keyin muzokaralar davom etadi.

Bunday vaziyatda o‘tgan yozda Shkrinyarni sotib olmoqchi bo‘lgan va unga 70 million yevro taklif qilgan "PSJ" uni yanvarda qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Qayd etilishicha, “Inter”da hech kim Shkrinyar qishda klubda qolishiga kafolat bera olmaydi.

Qishki transfer oynasi ochilganda "PSJ" himoyachi uchun 30 mln yevro taklif qiladi.

27 yoshli futbolchi joriy mavsum “Inter” safida barcha turnirlar doirasida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 13:09, 26.09.2022.
O'qildi: 1040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик